2018 yilning 19 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda bölib turgan «Özbekiston böyiça kokus» hamraislari Trent Kelli va Visente Gonsalez boşçiligidagi AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a'zolari guruhi bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, delegatsiya tarkibidan Vakillar palatasi muhim qömitalarining respublikaçi va demokratlar a'zolari örin olgan.

Vazir, avvalo, kongressmenlarni yaqinda bölib ötgan oraliq saylovlarda qayta saylanganlari bilan tabrikladi va AQŞ Kongressining quyi palatasida ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor «Özbekiston böyiça kokus»ning tuzilganligini e'tirof etdi.

Bölib ötgan suhbatda prezident Şavkat Mirziyoyevning may oyidagi AQŞga rasmiy taşrifi va uning prezident Donald Tramp bilan olib borgan sermahsul muzokaralari natijasida keng qamrovlik va jadallik kasb etayotgan Özbekiston-Amerika kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda özbekistonlik va amerikalik parlamentariylar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, Özbekiston va AQŞ örtasidagi izçil rivojlanayotgan hamkorlikning ijobiy jarayonlarni qonuniy mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi.

Suhbatda AQŞning Özbekistondagi muvaqqat işlar vakili Alan Melser iştirok etdi.

Mirziyoyev AQŞda yangi guruhni ta'sis qiliş taşabbusini bildirgan