Sirdaryo viloyatining barça tumanlarida ötgan hafta fermerlarning qasamyod qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda «Sirdaryo haqiqati» gazetasi yozmoqda.

Foto: sirdaryo24.uz

Xususan, Guliston şahri hokimligi qarşisidagi maydonda «Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari öz ahdlariga, şon-şavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşişni, nopok işlarga qöl urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, «şunday ğallakor fermerlarning qasamyod qabul qilişiga bağişlangan tadbirlar viloyatning boşqa tumanlarida özgaça kötarinki ruhda bölib ötdi».

Foto: sirdaryo24.uz

Tadbirda viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qiliş organlarining vakillari iştirok etişgan.

Foto: sirdaryo24.uz
Foto: sirdaryo24.uz

Eslatilişiça, prezident farmoni bilan dekabr oyining ikkinçi yakşanbasi — Qişloq xöjalik xodimlari kuni sifatida nişonlanadi.