Mover'da köriş (tas-ix)

Youtube'da köriş

Koreya Respublikasining ikkinçi eng yirik şahri – Busanda metropoliten 1985 yilda taşkil etilgan bölib, u 4 ta yönaliş va 144 ta bekatdan iborat. Umumiy uzunligi 116 kmni taşkil etuvçi bu jamoat transportidan ikki yöl orqali: bir martalik çipta yoki doimiy kartoçkalar yordamida foydalaniş mumkin.

Yölovçilarning harakatlaniş odobi

Jamoat transportidan foydalanişdagi intizomni koreys xalqining tartib-qoidalarga qat'iy rioya etişining isboti sifatida körsatiş mumkin.

Metropoliten zinapoyalaridan foydalanişda öng qöl qoidasi asos qilib olingan. Vagonlarga eşikning ikki çetidan kirilib, markazdan çiqiladi. Bundan közlangan maqsad – yölovçilar tirbandligining oldini oliş va tartibli harakatlanişni taşkil etişdir.

Eskalatordagi holat esa avtomobil yöllarini yodga soladi: undagi harakatsiz yölovçilar eskalatorning öng tomonidan joy olib, harakatlanuvçi zinaning çap qismini şoşayotgan insonlarga yöl beriş maqsadida atayin oçiq qoldirişadi.

Bekatdagi afzalliklar

Busan metro bekatlari oddiy, bir-biriga öxşaş tarzda qurilganligi bois özbekistonlik yölovçilar uçun biroz zerikarli tuyilişi tabiiy, lekin stansiyalardagi qulayliklar bu kamçilikni yuvib ketadi.