Şved akademiyasi Nobel mukofoti bilan birgalikda adabiyot böyiça yangi Nobel qömitasi taşkil etişga qaror qildi. 

Yangi qömita 5 a'zo: yozuvçilar Per Vestberg (rais) va Anders Ulsson, tarixçi Xoras Engdal, şoirlar Kristina Luga va Yyesper Svenba hamda qömitaga kirmaydigan 5 mutaxassis, jumladan noşirlar va tanqidçilardan iborat böladi.

Qömita öz işini 2019 yil 1 fevraldan boşlaydi.

Joriy Nobel mukofoti taqdimotida adabiyot böyiça mukofot sovrindori nomi e'lon qilinmadi. Ehtimol bu sovrindor nomi 2019 yilda ma'lum qilinişi mumkin. Şved akademiyasi a'zolari soni kamayib ketib, butun dunyoda unga işonç pasaygani sababli mukofotni topşirişni boşqa sanaga köçirişga qaror qilingan.

Qoidalarga köra, akademiyaga yangi a'zolarni qabul qiliş uçun 12 kişidan iborat kvorum talab etiladi, biroq amaliyotda akademiyadagi bir qator mojarolardan keyin 11 adabiyotçi qolgan. Adabiyot böyiça sovrindorning bunday kam sondagi a'zolar bilan tanlanişi bahsga olib kelişi mumkin bölgan.

Şved akademiyasiga şved tili va adabiyotini rivojlantiriş uçun 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan asos solingan. Uning tarkibiga 18 a'zo saylanadi va yaqin kunlargaça akademiyada a'zolik umrbod bölgandi. Biroq 2 may kuni qirol Karl XVI Gustav akademiyani öz istagi bilan tark etiş mumkin bölişi uçun uning nizomini özgartirgan.

Şved akademiyasidagi mojarolar unga işonçning kamayişiga olib kelgan va adabiyot böyiça Nobel mukofoti nufuziga putur yetkazgan.