Turizm sohasiga investitsiya kiritişga doir birinçi xalqaro investitsion forum doirasida Özbekistonda har 50 kilometrda turizm infratuzilmasini yölga qöyiş va har 150 kilometrda turli mavzularga ixtisoslaşgan motellar faoliyatini yölga qöyiş taklif qilindi. KUN.UZ muxbiri sobiq Turkiya milliy assambleyasi deputati, turizm sohasida katta iş tajribasiga ega, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining maslahatçisi Sodiq Badakning intervyu davomidagi sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

“Turizmni rivojlantiriş uçun eng avvalo transport tizimini rivojlantiriş kerak. Bugungi kunda Özbekiston bilan vizasiz rejimni yölga qöygan va vizalari soddalaştirilgan davlatlar soni tobora oşib bormoqda. Bu esa uşbu mamlakatlardan keluvçi sayyohlar oqimi yanada köpayadi, degani. Ularni bir hududdan boşqasiga olib borib, imkon boriça köproq joylarni körsatsak, Özbekiston haqida köproq tasavvurga ega bölişadi. Buning uçun esa şunga munosib şaroitlarni yaratiş lozim. Eng avvalo, yöllarni yaxşilaş kerak. Şu bilan birga, uzoq joyga yölga çiqqan odam yölda töxtab, dam olgisi keladi. Masalan, har 50 kilometrda töxtab, yoqilği quyiş şoxobçasi, restoranlar, supermarketlar, dam oliş joylari, ya'ni turizm rivojlanişi uçun zarur infratuzilmalarni yölga qöyiş lozim”, - deydi u.

Ekspertning qöşimça qilişiça, Özbekistonda har 150 kilometrda turizm markazlari faoliyatining yölga qöyilişi maqsadga muvofiq böladi.

“Bu yerlarda mavzuiy motellar bunyod etiladi. Masalan, Buxoro bilan Xorazm örtasida, çölda safari-motellar böladi yoki boşqa hududlar örtasida Özbekistonning şirin-şakar mevalariga e'tibor qaratiladi, ya'ni meva boğlari barpo etiladigan motellar bölişi mumkin, bu yerga kelgan sayyohlar boğda sayr qilişadi. Yana boşqa hududlarda esa asal va şunga öxşaş boşqa narsalarga ixtisoslaşgan mavzuiy motellar xizmati yölga qöyiladi. Bu sayyohlar uçun öziga xos sarguzaşt sayohat bölib, ularni Özbekistonga jalb qilişning ajoyib usuli böladi. Şu bois Toşkentdan Nukusgaça 1100 km masofada turizm markazlari, turizm obektlarini qurişni tavsiya qilyapmiz”, - deydi turkiyalik ekspert.

Sodiq Badakning ta'kidlaşiça, yuqoridagi takliflarni öz içiga olgan loyiha amalga oşiriladigan bölsa, birinçidan, Özbekistonga taşrif buyurgan sayyohlar mamnun bölib ketadi, ikkinçidan esa mamlakatga yanada köproq investitsiya jalb qilinadi.

Ta'kidlaş joizki, xalqaro forum doirasida bölib ötgan sessiyada mazkur loyiha taklif sifatida berilgan, zarur ma'lumotlar taqdim etilgan.