Tuttosport naşri an'anaviy «Golden Boy» sovrinini qölga kiritişga nomzod futbolçilarning qisqartirilgan röyxatini taqdim etdi.

Da'vogarlarning yakuniy beşligidan quyidagi futbolçilar joy olişgan:

- Matteys de Ligt («Ayaks», 1999 yilda tuğilgan)
- Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», 1998)
- Jastin Klyuyvert («Roma», 1999)
- Vinisius Junior («Real», 2000)
- Patrik Kutrone («Milan», 1998)

Mukofot Yevropa çempionatlarida töp suruvçi 21 yoşgaça bölgan futbolçilarga topşiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda ta'sis etilgan bölib, ğolib The Times (Angliya), France Football (Fransiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi naşrlarda faoliyat yurituvçi jurnalistlar bergan ovozlarga köra aniqlanadi.

Bu safargi ovoz beriş jarayonida turli mamlakatlardan bölgan 30dan ziyod jurnalistlar iştirok etgan. Oktyabr oyi boşida röyxatning kengaytirilgan varianti taqdim etilgan, undan quyidagi 40 nafar futbolçi örin olgan edi.

«Golden Boy» 2017 yilda «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappega topşirilgan.