2018 yilning 21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhomjon Ne'matov 22 noyabr kuni Samarqand şahrida öz işini boşlaydigan Inson huquqlari böyiça Osiyo forumida iştirok etiş uçun mamlakatga taşrif buyurgan BMT boş kotibining örinbosari, Jyeneva şahridagi BMT bölinmasi boş direktori Maykl Myuller bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, uçraşuvda Özbekiston va BMT hamkorligining dolzarb masalalari, uning rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, Özbekistonda amalga oşirilayotgan çuqur siyosiy va iqtisodiy özgarişlar hamkorlikni mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar bermoqda.

BMT vakili Özbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qöşni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş uçun qaratayotgan alohida e'tiborini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 

«Zamonaviy dunyoda intiliş kerak bölgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana şudir», – dedi Maykl Myuller.

Uçraşuv davomida bölajak qöşma tadbirlarni ötkazişning amaliy jihatlari ham körib çiqildi.

Suhbatda BMT rezident-koordinatori, BMT Rivojlaniş dasturining Özbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer iştirok etdi.