Ayni vaqtda Özbekistonda ta'tilini ötkazayotgan milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov «Kun.uz» mehmoni böldi. Muxbir u bilan futboldagi yöli, özbek futboli va terma jamoadagi ruhiyat töğrisida suhbat qurdi.

Odil Ahmedov 1987 yil 25 noyabrda Namanganda tuğilgan, futbolçilik faoliyatining ilk yillarida «Navbahor», «Traktor», «Paxtakor» yoşlar klublarida töp tepgan. Professional faoliyatini «Paxtakor», «Anji» (Maxaçqal'a) va «Krasnodar» kabi futbol klublarida davom ettirgan. 2016 yil söngida Xitoyning «Şanxay SIPG» klubiga borib qöşilgan. U Xitoy çempionatida 2018 yilgi mavsumda öz klubi bilan mamlakat çempioniga aylandi.

Video: Tas-IX

Video: Youtube.com

— Faoliyatingiz davomida Özbekiston milliy terma jamoasida bir neça boş murabbiy bilan hamkorlik qilgansiz. Ektor Kuper va ular olib borgan iş örtasida qanday farqlar seziladi?
— Albatta, har bir murabbiyning öz iş uslubi bor. Kimdir hujum qilişni yoqtiradi, kimdir himoyani ma'qul köradi. Yana biri esa mutlaqo boşqa taktika tarafdori. 2007 yildagi debyut öyinimni Rauf Talgatoviç Inileyev qöl ostida boşlaganman. Undan keyin köplab boş murabbiylar almaşdi. Ularning alohida birini ajratib körsata olmayman, barçasidan ozmi-köpmi tajriba olganman. Hozirgi murabbiyimizning iş uslubi esa köproq himoyaviy öyinga ixtisoslaşgan.

— Milliy terma jamoa tarkibida Qatarga keçgan sönggi öyinda boş bilan gol urdingiz. Bu şaxsiy taşabbusingizmidi yoki murabbiyning körsatmasi?
— Öyinning ikkinçi bölimi edi, oldinga ötişimiz, muxlislar uçun esa ğalaba kerak edi. Şu vaziyatda hujum rivojlanib borayotgan vaziyatda qanotdan töp uzatilişini sezib oldinga ötgandim. Qulay va omadli nuqtada turganim uçun boş bilan gol urdim.

— Şu golda hujumda foydali ekaningiz körindi. Hozirda yaxşi yoş tayanç yarimhimoyaçilar paydo bölmoqda. Masalan, Otabek Şukurov va Odil Hamrobekov. Endi «qora işlar»ni yoşlarga qoldirib, hujumga yaqinroq öynaş haqida öylamayapsizmi? Murabbiylar ştabi sizni hujum çiziğida öynatiş ğoyasiga qanday qaraydi?