Yevroosiyo taraqqiyot banki Özbekistonni öziga a'zo sifatida körişni istaydi. Bu haqda YeOTB boşqaruv raisi Andrey Belyaninov Moskvadagi «Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi» xalqaro konferensiyasi doirasida xabar berdi.
«Afsuski, Özbekiston bank a'zosi hisoblanmaydi, biz uni bunday maqomda körişni juda xohlaymiz», - deb tan oldi Belyaninov.
Uning sözlariga köra, bankda dastlabki iş amalga oşirildi, mamlakatga taşrif taşkillaştirildi, uçraşuvlar ötkazildi, hattoki Özbekiston hududida kredit faoliyati böyiça jiddiy rejalar mavjud.
«Bankimizning barça iştirokçilari uçun bu foydali bölardi», - dedi Belyaninov.
Uning ma'lum qilişiça, bank Özbekiston bilan işlaş istiqbollarini baholayapti, iqtisodiyotning ösib borayotganini ta'kidlaydi, biroq «Özbekiston bilan mandat böyiça işlaş imkoni yöq, buni juda xohlayapmiz».
Eslatib ötamiz, sentabr oyida YeOTB Özbekistonda vakolatxona oçişni rejalaştirgani haqida xabar bergandi.









