Hujjat "Özbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etiş haqidagi bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qöşilişi töğrisida"gi qonun ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilişiça, YeOTBning ustav kapitalida Özbekistonga har birining nominal qiymati 1000 AQŞ dollari bölgan 777 777 ta aksiya taqsimot qilingan, şundan 168 411 tasi (21,7 foiz) – pul tölanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3 foiz) – talab böyiça tölanadigan aksiyalar.

YeOTB ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qiliş böyiça Özbekiston tomonidan amalga oşiriladigan tölovlar jadvali tasdiqlandi.

Qarorga ilova qilingan jadvalga köra, aksiyalarni sotib oliş uçun Özbekiston 2027-yilgaça 168,4 mln dollarlik tölovlarni amalga oşiradi, bunda:

 • 2025-yilda — 10 mln dollar; 
 • 2026-yilda — 79,2 mln dollar; 
 • 2027-yilda — 79,2 mln dollar tölanişi belgilangan.

Bu maqsadlar uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda davlat budjeti mablağlari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablağlarni ajratadi, 2026 yildan boşlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston uşbu bankka a’zo bölişi 2023-yilda ma’lum qilingandi. Undan avvalroq, 2021-yilda bank Özbekistonda öz vakolatxonasini oçişni rejalaştirgani xabar qilingan.

Ma’lumot uçun, Yevrosiyo taraqqiyot banki (Eurasian Development bank) xalqaro moliya taşkiloti bölib, Yevrosiyo mintaqasi mamlakatlarida iqtisodiyotni, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va integratsiya jarayonlarini rivojlantirişga qaratilgan investitsiya faoliyatini amalga oşiradi.

2006-yilda taşkil etilgan, ustav kapitali 7 mlrd dollarga teng. Bankning ştab-kvartirasi Olma-Ota şahrida (Qozoğiston) joylaşgan. Şuningdek, Sankt-Peterburg, Ostona, Bişkek, Duşanbe, Yerevan, Minsk, Moskvada vakolatxonalari mavjud.