Yunon-rum kuraşi, oğir atletika va gimnastika böyiça Özbekiston milliy terma jamoalariga xorijlik murabbiylar ustozlik qila boşlaydi. Bugun, 24 noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bölib ötgan yiğilişda şunday qarorga kelindi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berişiça, yunon-rum kuraşi böyiça gruziyalik murabbiy Zaza Silagadze, gimnastika böyiça rossiyalik trener Yekaterina Pirojkova va oğir atletika böyiça turkmanistonlik mutaxassis Artur Emiryan bilan şartnoma imzolanadi. Uşbu qaror xorijiy mutaxassislar bilan mehnat şartnomalari (kontraktlar) tuziş töğrisida iş beruvçining takliflarini körib çiqiş böyiça ekspert komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Yiğilişda komissiya oğir atletika, sport kuraşlari, taekvondo WTF va gimnastika sport turlari böyiça federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan taklif qilinayotgan xorijlik trenerlar nomzodlari bilan şartnomalar tuziş masalasini körib çiqdi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri, ekspert komissiyasi raisi Dilmurod Nabiyev ayni masalada quyidagiça fikr bildirdi.
“Xorijlik murabbiylarni jalb etişda ayrim sport turlari bilangina çeklanib qolmasligimiz lozim. Ayniqsa, malakali mutaxassislar tanqis va yetarli natijalarga erişilmayotgan sport turlari böyiça tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb etişimiz kerak böladi. Yangi şartnoma tuzilayotgan xorijlik trenerlar tajribasidan 2020 yil Tokio şahrida bölib ötadigan 32-yozgi Olimpiya öyinlariga munosib sportçilarni tayyorlaş borasida unumli foydalaniş zarur.” – dedi Nabiyev.
Yiğiliş davomida tegişli federatsiyalar (assotsiatsiyalar) mutasaddilari sözga çiqib, taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislarning tayinlanişi qanday afzalliklar keltirişi haqida ma'lumot berişdi.
Qöşimça qilinişiça, xorijlik sport murabbiylarini jalb etiş işlari Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 dekabrdagi “Sport turlari böyiça Özbekiston Respublikasi terma jamoalari a'zolari bölgan sportçilarni tayyorlaş uçun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning iş şart-şaroitlari töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi 346-sonli qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.







