AQŞning Kaliforniya ştatida 3 haftadan beri davom etayotgan hamda ştatning zamonaviy tarixida eng vayronkori deb tan olingan örmon yonğinlari 95 foizga bartaraf etildi. Bu haqda Kaliforniyaning örmon xöjaligi va öt öçiriş xizmati boşqarmasiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi. 

8 noyabrda Byutt okrugida boşlangan yonğin 620 kvadrat kilometrdan köproq hududni qamrab olgan va 14 mingga yaqin uyning kulini kökka sovurgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, “Camp Fire” (Gulxan) nomini olgan uşbu yonğinda 87 kişi halok bölgan, 1475 kişi bedarak yöqolgan.

“Yonğinning bartaraf etilmagan qismi qoyali joyda bölib, öt öçiruvçilar kuçli yomğirlar sababli u yerga yetib bora olmayaptilar”, deyilgan xabarda.

Kaliforniya şimoliga kelgan yomğirlar yonğinni öçirişni yengillaştirdi. Biroq şu bilan birga yoğingarçilik halok bölganlar jasadlarini qidirişni murakkablaştirişi mumkin, çunki suv oqimlari jasadlarni oqizib ketişi yoki kul bilan qoriştirib yuborişi mumkin.

Yonğin munosabati bilan Kalifornyaniing bir qator okruglarida favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp vaziyatni joyida baholaş hamda jabrlanganlar va mahalliy rahbariyat vakillari bilan uçraşgani ötgan hafta Kaliforniyaga kelgan.