Jahon | 16:49 / 26.11.2018
8717
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda britaniyalik aspirant afv etildi. Besh kun oldin u josuslik uchun umrbod qamalgandi

Foto: Daniele Tajada/Handout via REUTERS

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Buyuk Britaniyaning Darem universiteti aspiranti, josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Metyu Xejyesni afv etdi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklaridan ta'kidlashlaricha, afv etish haqidagi qaror BAA Milliy kuni - 2 dekabr kuni nishonlanadigan, Amirliklar birlashgan kun munosabati bilan chiqarildi.

BAAda aspirant «arab bahori» paytida va undan keyin maxsus xizmatlarning harakatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Hukumat fikricha, bu Britaniya razvedkasi uchun maxfiy ma'lumotlarni to‘plash uchun o‘ziga xos niqob bo‘lgan.

Xejyes 2018 yil may oyida Dubayda hibsga olingan. Qarindoshlarining ma'lum qilishicha, uni arab tilidagi hujjatlarni imzolashga majbur qilishgan. 21 noyabr kuni britaniyalik josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Uning ishi yuzasidan sud besh daqiqa davom etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid