Abu-Dabidagi «Qasr Al-Vatan» rasmiy qarorgohida yangi tayinlangan xorijiy davlatlar elçilarining işonç yorliqlarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston elçisi Umid Şodiyev ham BAA prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Marosim doirasidagi suhbat çoğida BAA prezidenti Özbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi.

Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Özbekiston elçisiga ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

BAA rahbariyati Özbekiston elçisining diplomatik missiyasini samarali amalga oşirişi uçun barça zarur şaroitlarni yaratib berişga tayyor ekanini bildirdi.

Öz navbatida, Umid Şodiyev BAA prezidentiga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi.

Elçi ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli Özbekiston va BAA örtasidagi oliy darajadagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini taʼkidladi.

Şuningdek, diplomat Özbekiston va BAA örtasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytiriş uçun barça saʼy-harakatlarini safarbar qilişini bildirdi.

Umid Şodiyev Özbekistonning BAAdagi elçisi lavozimida Abdulaziz Oqqulov örnini egallagan. Oqqulov 2022–2025-yillarda Özbekistonning BAAdagi elçixonasiga rahbarlik qilgan va 2025-yil dekabrida Turizm qömitasi raisi etib tayinlangan.