Business Insider tahlilçisi Deyv Smit mobil qurilmalar bozorini tahlil qilib, öz qaraşidan kelib çiqib, yakunlanib borayotgan 2018 yilning eng yaxşi smartfonlari beştaligini tuzdi. Deyvning aytişiça, 2018 yilda işlab çiqaruvçilar öz smartfonlari uçun narx belgilaşda bungaça amal qilgan eng yuqori narx çegarasi – ming dollardan “özib ketişdi”. Bu esa smartfonlarning jozibadorligiga ta'sir qilgan. Şu sababli Smit öz narxini oqlaydigan eng yaxşi smartfonlar reytingini tuzişga qaror qildi. 

Reytingning 5-örnini hamyonbop Motorola Moto G6 smartfoni egalladi. Uşbu smartfon  röyxatdagi eng arzon qurilma bölib, 250 dollar turadi. Biroq smartfon bu narxni töliq oqlaydi: u 5,7 dyuymli ekran va ajoyib kameraga ega. 

Motorola Moto G6
Foto: express.co.uk

Tahlilçi 4-öringa LG G7 ThinQ smartfonini qöydi. Uning fikriça, smartfon ajoyib kameraga, zamonaviy protsessor va simsiz quvvatlagiçga ega. Bundan taşqari, uşbu smartfon iPhone X’ga öxşaydi, ammo uç marta arzonroq turadi. “Unda köproq tölaşga ne hojat”, deb xulosa çiqargan tahlilçi. 

07-lg-g7-thinq
LG G7 ThinQ – 4
Foto: CNet

3-öringa Samsung Galaxy S9 qöyildi. Smartfon ajoyib displey, a'lo darajadagi kamera va esda qoluvçi körinişga ega. Smit qurilmaning yurak ritmi datçigiga egaligi va öz egasining soğliği haqida qayğurişiga ham e'tibor qaratgan.

Samsung Galaxy S9 
Foto: frandroid.com

2-örinni Samsung Galaxy Note 9 egalladi. Bu smartfon qimmatligi uçungina reyting yetakçisi böla olmagan. Smit fabletning bozordagi eng yaxşi ekranga, kontentni yaratiş va qöllaşdagi yuqori imkoniyatlarga hamda bugungi kunda smartfonlarda tobora uçratiş qiyin bölib borayotgan 3,5 mmlik raz'yomga egaligini alohida ta'kidlab ötgan.