NATURAL JUICE kompaniyasi şarbat hamda nektar mahsulotlarini işlab çiqaruvçi «Halol» sifati standartlari talablariga mos kelişini tasdiqlagan mahalliy ilk kompaniya böldi.

Rossiya Federatsiyasining Muftiylar kengaşi qoşidagi «Halol» standartlaştiriş va sertifikatsiyalaştiriş markazi tomonidan aynan Rossiya Federatsiyasi musulmonlari Diniy boşqarmasi rahbari – Muftiy, Şayx Ravil Gaynutdinning imzosi bilan tasdiqlangan «Halol» sertifikati hujjatining kompaniyaga taqdim etilişi fikrimizning yorqin dalili hisoblanadi
«Halol» sertifikatining mavjudligi «Soçnaya dolina» va Viko savdo markasida çiqarilayotgan mahsulotlar işlab çiqarilayotganida qat'iy nazoratdan ötişini, ta'qiqlangan qöşimçalar yöqligi hamda Islom ahkomlariga muvofiq kelgan holda sifatli va 100% tabiiy ekanligini anglatadi.
«Halol» sözi arab tilidan tarjima qilinganda “ruxsat etilgan” ma'nosini bildiradi. Bugungi kunda bu atama musulmonlar iste'mol qiladigan mahsulotlarnigina bildirmay, uni işlab çiqariş jarayonidagi inson salomatligi va hayoti uçun xavfsiz, sifatli, işonçliligining kafolati hamdir. «Halol» tamğasi bor mahsulotlar zamonaviy ekologik talablarga javob beradigan, tabiiy mahsulotlarning muqobilidir. Şunday ekan, “halol” tuşunçasi allaqaçon diniy tuşunça bilan çeklanib qolmay, mahsulot tozaligiga, uning tarkibida zararli qöşimça va aralaşmalar yöqligiga javob beruvçi mahsulot sofligining eng yuqori xalqaro sifat nazorat tizimini bildiradi. Dunyodagi turli millat va din vakillarining dökon peştaxtalaridan aynan halol mahsulotlarini qidirişi ajablanarli emas. Soğlom ovqatlaniş tarafdorlari mahsulot qadoğidagi kiçik yaşil tamğa yuqori sifat, foydalilik va xavfsizlikning dalili ekanligini yaxşi bilişadi.
Endi bunday belgi «Soçnaya dolina» va Viko şarbat hamda nektarlarining qadoqlangan qutilarida ham uçraydi. “Şarbatlar ham halol bölmasligi mumkinmi?” degan savol tuğilişi tabiiy. Ha, şunday bölişi mumkin ekan. «Halol» sifati standartlariga spirt qöşimçalari (hatto foizida ozgina miqdorda bölsa ham), konservant, aromatizator va stabilizatorlar qöşilmagan içimliklar mos keladi. Asosiy talab xomaşyo – sabzavot va mevalarga qöyiladi. Ularni yetiştirayotganda tabiiy bölmagan öğit, antibiotik, GMO, ösişni tezlaştiruvçi vositalardan foydalanmaslik kerak. «Soçnaya dolina» va Viko şarbatlari hamda nektarlarini tayyorlaş jarayonida işlatiladigan xomaşyo nazorat etişning aynan mana şunday bir qança bosqiçlaridan ötadi, xomaşyo tayyorlaşga nisbatan yuqori talab qöyiladi. Şarbat hamda nektarlar tayyorlaşda asosan serquyoş Özbekistonda yetiştirilgan tabiiy va ekologik xavfsiz meva-sabzavotlardan foydalaniladi. Mahsulotda kimyoviy qöşimçalar, aromatizator va boşqa zararli qöşimçalarning yöqligi - iste'molçiga mahsulotning tabiiy ta'mini his etişga, özi hamda yaqinlarining salomatligi bilan boğliq muammolarning oldini olişga yordam beradi. Amaliyotda ham «Soçnaya dolina» – bizning oilaviy şarbat!” şiori öz tasdiğini topmokda. Zero, kompaniyaning boş missiyasi xam yuqori sifatli mahsulotlarni hammabop qilişdir.










