Olmali şarbat va şaxmat örtasida qanday umumiy jihatlar bor? Juda köp, agarda gap «Soçnaya dolina» savdo markasining mazali (va tabiiy!) içimligi haqida ketayotgan, intellektual öyindan esa ikki karra jahon çempioni Nodirbek Abdusattorov vakil bölsa.
Şaxmat böyiça yoş iste'dod sohibi «Soçnaya dolina» SMning qulay «bolalarça» şakli – 0,2 litrda çiqariluvçi şarbatlari va nektarlarining yangi reklama kampaniyasi yuziga aylandi. Nodirbek iştirok etgan 40 soniyalik rolik, hamda uning iştirokidagi ajoyib poster «Aqlli bolalar uçun şarbat» şiori bilan birlaştirilgan. Bunday birlaştiriş tasodifiy emas: yuz foizli olmali şarbat – reklama kampaniyasining yana bir «qahramoni» - IQ’ni oşiruvçi haqiqatdan ham mö'jizakor xususiyatlarga ega. Hamma gap – foydali vitaminlar va mineral birikmalarning (temir, magniy, fosfor) köp miqdordaligida. Bekorga şifokorlar bolalarga har kuni kamida bir stakan olma şarbatini içişni tavsiya etişmaydi. «Soçnaya dolina» SMdan «aqlli» içimlik şakar va konservantlarga ega emas, hamda tabiiy şirinlik bilan xursand qiladi. Darvoqe, mahsulot örami ham «aqlli»: şarbatni bunday ixçam şaklda özi bilan maşğulotlar, döstlar bilan sayr va hattoki – şaxmat böyiça musobaqaga olib ketiş mumkin! Bu rolik yorqin, jöşqinlik ila körsatilgan, uning har bir kadri – yoş jahon çempionati hayotidan öziga xos lavhadir.
...Mana Nodirbek uyğonib, ertalabki badantarbiya bilan şuğullanib, maktabga ketişga hozirlik körmoqda. Onasi öğlining ryukzagiga olma şarbati qutisini solib qöyadi. Bunday şirin «qöllab-quvvatlov» kerak böladi, sababi oldinda – öqiş, döstlar bilan muloqot, maşğulotlarga töla kun turibdi.
– Öğlim «Soçnaya dolina» şarbatlari va nektarlarini haqiqatdan ham juda sevadi, ayniqsa olma va olça mazalisini, – deya jilmayadi 12 yoşli super iste'dod sohibining onasi Marziya Oçilova. – Şarbatlar bolalar soğliği uçun foydali ekanini bilaman, şuning uçun har doim ularni sotib olaman. Umuman, öz farzandlarimni töğri rivojlanişi uçun barça şaroitlarni yaratişga intilaman, sababi ular uçun şaxmat – oddiy öyin emas, balki hayot tarzidir. Bu sportning intellektual turi: doimiy maşqlarsiz, tartib-intizomsiz, irodasiz bu yerda heç narsaga erişib va ğalaba qozonib bölmaydi!
Nodirbek buni hammadan yaxşi biladi. Noodatiy donalarga ega qora-oq taxtaga qiziqiş unda uç yoşida paydo bölgan. Bolakay şaxmat tögaragiga qatnagan katta akasi va opasi qanday qilib öynaşlarini qiziqib kuzatib borgan. Şaxmat işqibozi bölgan ota ham köp bora uy musobaqalarini taşkil etgan. Bölajak çempion şu tarzda qadimiy öyin sirlarini örganib bordi, keyinçalik esa «Vunderkind» klubida şuğullana boşladi.
Nodirbekning yulduzi şiddat bilan yuksalib bordi. 5 yoşida Toşkent şahri çempioni, 6 yoşida esa – respublika çempioni böldi. Har bir yangi ğalaba bilan öz kuçiga işonç ham ortib, oldindagi maqsadlar va kelajak uçun rejalari aniqroq körina boşlandi. Bolakay xalqaro munosabatlarda qatnaşiş va grossmeyster bölişga qat'iy ahd qildi.












