AQŞ prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatçilar kengaşi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo taşkilotidan (JST) çiqarib yuborilişi haqidagi bayonoti bema'ni va Qöşma Ştatlarning takabburligi isbotidir. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Gen Şuan payşanba kuni brifingda ma'lum qildi.

«Jahon savdo taşkiloti - köp tomonlama taşkilot, uning barça a'zolari bir xil. AQŞ Xitoyni JST a'zoligidan bir tomonlama mahrum etiş huquqiga ega emas. Bunday bayonot Qöşma Ştatlarning takabburligini körsatadi», - deya ma'lum qildi diplomat.

Gen Şuan
Foto: Andy Wong / AP

«Hozirda Qöşma Ştatlar Xitoyni JST a'zoligidan mahrum qiliş kerakligi haqida gapirmoqda. Ertaga ular qaysi mamlakatni çiqarib yuboriş haqida bong urişarkin?» - deya savol bilan murojaat qilgan taşqi siyosat idorasi rasmiy vakili. «Agar mening xotiram pand bermasa, Qöşma Ştatlar bundan avval JSTdan çiqib ketişni istagandi, endi ular Xitoyni taşkilot a'zoligidan çiqarib taşlaş kerakligi haqida gapirişmoqda. Bu bema'nilik», - deya ta'kidlab ötdi TIV vakili.

Şuningdek, Gen Şuanning eslatişiça, sönggi vaqtlarda aynan Qöşma Ştatlar YuNESKO, BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi, Butunjahon poçta ittifoqi kabi taşkilotlardagi öz a'zoligini töxtatdi. «Xalqaro hamjamiyat Amerika Qöşma Ştatlarini tegişli taşkilotlar va bitimlardan çiqib ketgani uçun qoralaydi», - deya ma'lum qildi u.

Diplomatning ta'kidlaşiça, Xitoy har doim oçiq jahon iqtisodiyotini quriş va köp tomonlama savdo tizimini yaratişga sodiq bölgan. «Joriy yilning iyul oyida JST Xitoy savdo siyosatining yettinçi şarhini e'lon qildi, unda mamlakat tomonidan köp tomonlama savdo tizimi qöllab-quvvatlanayotgani va XXRning JSTdagi örni ösişiga yuksak baho berildi», - deya xulosa qilgan TIV vakili.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens savdo uruşi qanday şartda töxtatilişini aytgandi.