Toshkent viloyatida “Huquqbuzarlik va jinoyatdan xoli hudud” oyligi e'lon qilindi
2018 yilning 25 noyabr kunidan 25 dekabr kuniga qadar Toshkent viloyati hududida “Huquqbuzarlik va jinoyatdan xoli hudud” oyligi o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar bergan.
Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari, prokuratura, ichki ishlar, soliq idoralari hamda boshqa davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, mas'ul rahbar va xodimlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
Jumladan, “Toshkent viloyatining shahar-tumanlari hududlarida hamkorlikdagi “Huquqbuzarlik va jinoyatdan xoli hudud” kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarorga asosan, 2018 yilning 25 noyabr kunidan 25 dekabr kuniga qadar viloyat hududida “Huquqbuzarlik va jinoyatdan xoli hudud” oyligi o‘tkazilishi, bu borada viloyat shahar-tumanlarida sektorlar kesimida har bir xonadonlarni o‘rganish, fuqarolarning shart-sharoitlari bilan tanishib, muammolarini aniqlash hamda sektor rahbarlari va tegishli organlar tomonidan yechimini toptirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, notinch, noqobil oilalarga murabbiy biriktirish va ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilib, hokimlik vakillari, Xotin-qizlar qo‘mitalari, “Nuroniylar” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Bandlikka ko‘maklashish markazi, tibbiyot birlashmasi, profilaktika inspektorlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamjihatlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq va tizimli tadbirlar belgilab berildi.
Ma'lumot uchun, viloyatda talonchilik jinoyati 2017 yilda – 116ta qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu holat 65 marta takrorlanib, jinoyatchilik 44 foizga kamaygan. Shuningdek, bezorilik o‘tgan yilga nisbatan 83 marta kam sodir etilib, ushbu huquqbuzarlik 48 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024