27 noyabrda Simferopolning Kiyev tumani sudi Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining Kerç böğozida uşlangan 12 nafar harbiy dengizçisiga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida 2019 yil 25 yanvargaça hibsga oliş hukmini çiqardi.
Gap Andrey Oprisko, Sergey Tsibizov, Yuriy Budzilo, Vladimir Tereşçenko, Viktor Bespalçenko, Vladimir Varimez, Mixail Vlasyuk, Bogdan Golovaş, Sergey Çulib, Vladislav Kostişin, Sergey Popov va Roman Mokryak haqida bormoqda.
Sud yiğilişi uçta zalda ötgan va ularni 3 sudya olib borgan.
Avvalroq Qrim ombudsmeni Lyudmila Lubina hibsga olinganlar Simferopoldagi tergov izolyatoriga olib borilişlarini ma'lum qilgan.
Dengizçilarga Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 3-qismi (oldindan til biriktirgan holda yoki zöravonlik qöllab bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh tomonidan çegaraning noqonuniy kesib ötilişi) böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
Qolgan dengizçilarga nisbatan ehtiyot çorasi 28 noyabrda çiqariladi.
25 noyabrda rossiyalik çegaraçilar Kerç böğozida Qora va Azov dengizlari orqali Odessadan Mariupolga yöl olayotgan, Ukrainaga qaraşli “Yani Kapu” buksiri hamda “Berdyansk” va “Nikopol” artilleriya katerlarini va ulardagi 24 dengizçini uşlaşgandi. Operatsiya vaqtida ukrainalik dengizçilardan 3 nafari yaralangan.












