Xalqaro arbitraj Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa yuzasidan nizo bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasini tan oldi
Sud ukrainalik dengizchilarni qo‘lga olish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rib chiqishga qaror qildi, chunki bu voqealar «harbiy harakatlar»ga tegishli emas.
Doimiy hakamlik sudi palatasi (DHSP) vositachiligida tashkil etilgan xalqaro arbitraj 2018 yilda Kerch bo‘g‘ozida ukrainalik dengizchilarning asirga olinishi bo‘yicha Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni davom ettirish vakolatiga ega ekanligini tan oldi. Bu haqda 11 iyul, dushanba kuni chop etilgan DHSP press-relizida aytiladi.
Sud qarorida ta’kidlanganidek, arbitraj «taraflar o‘rtasidagi nizo bo‘yicha yurisdiksiyaga ega». 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar harbiy harakatlar bo‘lib, arbitraj yurisdiksiyasiga kirmasa-da, keyinchalik Ukraina kemalari va dengizchilarining hibsga olinishi harbiy harakatlar hisoblanmaydi va shuning uchun arbitrajning yurisdiksiyasiga kirishi mumkin, deya tushuntirdi sud.
Voqealarning «harbiy harakatlar» hisoblanmasligi bo‘yicha aniq vaqt ishni mohiyatan ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtiriladi, deya ta’kidladi DHSP. Endi arbitraj ishni ko‘rib chiqishni davom ettiradi, Rossiya tomonida esa qarshi memorandum tayyorlash uchun olti oy vaqt bor.
2018 yilning 25 noyabr kuni Ukrainaning uchta harbiy kemasi «Berdyansk», «Nikopol» va «Yani Kapu» reyd buksiri Azov dengizida Odessadan Mariupolga o‘tishga uringandi. Rossiya Ukraina tomonini Qrim qirg‘oqlari yaqinida Rossiya «hududiy dengizi» chegarasini buzganlikda ayblab, kemalarga qarata o‘q uzdi va ularni ekipaj bilan birga qo‘lga oldi. Keyin qo‘lga olingan kemalar Kerchga jo‘natildi, 24 nafar ukrainalik dengizchi hibsga olindi. 2019 yilda kemalar Ukrainaga qaytarildi, dengizchilar esa rossiyaliklarga almashtirildi.
2019 yil aprel oyida Ukraina Haagadagi Xalqaro arbitraj sudiga Rossiyadan BMTning dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasini buzganligini bildirib, murojaat qilgan. 2020 yil avgust oyida Rossiya tomoni arbitrajning ishni ko‘rib chiqish huquqini shubha ostiga qo‘yib, bunga e’tiroz bildirdi. Mamlakat nizo harbiy harakatlarga taalluqli ekani, shu sababli xalqaro arbitraj yurisdiksiyasiga kirmasligini bildirgan. Endi arbitraj Rossiyaning e’tirozlarini rad etdi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024