Ba'zi yigitlarda yoshi katta bo‘lishiga qaramay yuzida soqol o‘smaslik holati kuzatiladi. Natijada ular soqol o‘stirish uchun nima qilish kerakligi va soqolni uy sharoitida qanday o‘stirish mumkinligi haqidagi ma'lumotlar bilan qiziqishadi.

 Albatta, soqolni erkaklik ko‘rki, qat'iyat va jasorat belgisi sifatida ma'lumot izlovchilarni to‘g‘ri tushunish mumkin. Shu sababdan bugun erkaklarda soqol o‘smasligi yoki siyrakligi hamda ushbu holatni bartaraf etishda ko‘makchi mahsulot bo‘yicha ma'lumotlar bilan bo‘lishamiz.

Albatta, soqol shunchaki o‘smay qolishi mumkin emas. Buning sabablari turlicha. Jumladan, vitamin, foydali mikroelementlarning yetishmasligi, jinsiy rivojlanishning kechikishi, yosh va genetika, notekis jinsiy rivojlanish hamda irsiyat bilan bog‘liq sabablar erkaklarda ushbu muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Agar siz ham soqol o‘smaslik yoki soqolingizning siyrakligi tufayli o‘zingizda noqulaylik his qilayotgan bo‘lsangiz, quyida soqol o‘sishini tezlashtiruvchi, dunyo olimlarining ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lgan, yangi va yuqori samarali mahsulot haqida ma'lumot beramiz.

SINOX losoni bu – androgen alopetsiyasi bor insonlarda soqol va soch o‘sishini tezlashtiruvchi, erkak yuz terisi ostki qatlamlari, bosh qismida qon aylanishini yaxshilovchi va soch hamda soqol follikulalarining oziqlanishini ta'minlovchi samarasi yuqori mahsulot hisoblanadi.

Uning tarkibi tabiiy o‘stiruvchi stimulyatorlar va aktivatorlar, jumladan, kaliy kanallarini faollashtiruvchi vositalar (minoksidin va minoksidil)dan tashkil topgan.

SINOX savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni soqol va soch o‘stirishda ham bir xilda samarali vosita sifatida qo‘llash mumkin.

Qo‘llash haqida:

SINOX soqol va soch o‘stiruvchi vosita sifatida erkaklarda uchraydigan androgenetik alopetsiyada tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Uni bir kunda 2 marotaba quruq bosh terisi va iyakning muammoli qismiga purkagichni 6-7 marotaba bosish orqali singdiriladi.