Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ haqida gapirganida ehtiyotkorroq bölişi lozim, dedi Amerika moliya vaziri Skott Bessent.
U Ukraina rahbarining Amerika razvedka maʼlumotlari berişni töxtatib qöygani hamda Starlink va Starshield tezligi Oq uy buyruği bilan çeklangani töğrisidagi sözlariga ana şunday izoh berdi.
«Zelenskiy haqiqatga töğri kelmaydigan bunday bayonotlar berişda juda ehtiyotkor bölişi lozim», - dedi Bessent NBC News efirida.
U şuningdek, AQŞ Ukrainani öz ittifoqçisi deb hisoblaşi töğrisidagi savolga javob berişdan özini olib qoçdi.
Bessent özining AQŞ prezidenti yoki davlat kotibi emasligini aytarkan, AQŞ Moskvani emas, Kiyevni taʼminlayotganini taʼkidladi.
«Aynan mana şu narsa ittifoqçilik munosabati böladi», - deya qöşimça qildi u.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy Space X kompaniyasi Oq uy buyruği bilan sunʼiy yöldoş interneti tezligini çeklaganini hamda AQŞ Ukrainaga Rossiya zarbalari haqida razvedka maʼlumotlarini bermaganini aytgandi.
Öz navbatida, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Oq uy Space X kompaniyasining sunʼiy yöldoş internetini Ukraina harbiylari uçun çeklaş töğrisida farmoyiş bermaganini maʼlum qildi.
Ilon Mask esa Ukraina foydalanayotgan Starshield tizimida tezlik va foydalaniş çeklovlarini SpaceX emas, AQŞ harbiylari belgilaşini aytdi.













