Fuqaro aviatsiyasi, jumladan, yerusti infratuzilmasi ekspluatatsiyasining haddan ziyod monopollaşuvi bu sohada xizmat körsatişning jahon darajasidan sezilarli ortda qolişiga, şuningdek, mamlakatdagi ayrim aeroportlarning rentabelligini yöqotişiga olib keldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan tegişli farmonida aytiladi.

Farmonga köra, «Özbekiston havo yöllari» MAK qayta taşkil etiladi. MAK direksiya bazasida «Uzbekistan Airways​» AJ, «Uçuvçilar majmuasi» DUK, «Havo aloqalari boş agentligi» va «Özaviatexta'minot» kompleksi iş boşlaşi kutilmoqda.

Özbekistondagi aeroportlar salohiyatidan samarali foydalaniş maqsadida «Uzbekistan Airports​» AJ faoliyati ham yölga qöyilmoqda. Jamiyat havo kemalariga xizmat körsatiş bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, aeroport infratuzilmasini yaxşilaş bilan maşğul böladi.

Şuningdek, aeroportlar hududida zamonaviy savdo şoxobçalar faoliyatini şakllantiriş va bank xizmatlarini taşkil etiş böyiça tegişli işlar olib boriladi.

Hujjatga köra, milliy aviakompaniya qoşida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qiliş böyiça) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilişi belgilab qöyilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.