«Özstandart» agentligi tomonidan respublikada «Ziyorat turizmi»ni rivojlantiriş maqsadida, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Diniy işlar böyiça qömitaning qöşma qaroriga muvofiq, «Halol talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlaştiriş tartibi töğrisida»gi Nizom loyihasi tayyorlandi.
Agentlik xabarida bildirilişiça, bu özbekistonlik tadbirkorlar uçun Yevropa davlatlariga mahsulotlarini eksport qiliş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida, Se markirovkani mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan qöllaş uçun amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, Turkiya, Ukraina, Germaniya va Slovakiya davlatlarining sertifikatlaştiriş idoralari bilan muzokaralar ötkazildi hamda tegişli taşkilotlar bilan aloqa örnatiş maqsadida Kelişuv loyihalari tayyorlandi, deyiladi xabarda.












