Avstraliyada Nikers laqabli hökiz katta ölçamlari sababli söyilişdan qutulib qoldi. BBC News telekanalining ma'lum qilişiça, bahaybat buqa mahalliy “yulduz”ga aylangan.
Meet 'Knickers', an enormous steer who has avoided the abattoirs by being too heavy...
He will instead live out his days in a paddock 🐮
Watch this and more videos from around the world here: https://t.co/ykoGZGdRPI pic.twitter.com/i1mMmzUm37
— Sky News (@SkyNews) 28 noyabrya 2018 g.
Golştin-friz zotiga mansub buqaning oğirligi 1,4 tonnani, böyi esa 194 santimetrni taşkil qiladi. Ğarbiy Avstraliyadagi fermada boqiladigan 7 yoşli buqa Avstraliyadagi eng katta buqa hisoblanadi.
Oktyabrda uning egasi, fermer Jyeff Pirson uni auksionda sotişga harakat qilgan, biroq mamlakatdagi birorta kuşxona uni eplay olmasligidan xavotir qilib, uni sotib olmagan.
“U boşqa hökizlardan farq qilgan, ulardan biroz yirikroq edi. Biz uning döstlarini söyişga yuborib turamiz, biroq unga heç qölimiz kötarilmagan. Şunda biz “Keling uni qoldiraylik. Uning heç kimga ziyoni yöq-ku” degan qarorga keldik”, deb eslamoqda fermer. Uning aytişiça, u hökizni bir yoşligida sotib olgan.
Fermerning ta'kidlaşiça, hökiz umrining oxirigaça fermada qoladi.
Buqa özidan böyi ança pastroq “birodarlari” qurşovida ajralib turgan tasviridan keyin OAV va ijtimoiy tarmoqlar e'tiborini tortgan. Ba'zi foydalanuvçilar hazil tariqasida hökizni basketbolçilar bilan taqqoslay boşlaşgan.
Nikers bahaybat ölçamlariga qaramay, dunyodagi eng katta hökiz hisoblanmaydi. Ginness rekordlar kitobiga köra, ayni vaqtda dunyodagi eng katta hökiz Italiyadagi Bellino laqabli hökizdir. Uning böyi deyarli 203 smga yetadi.












