Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.

Joriy yilda G20’da Saudiya Arabistoni raislik qilmoqda. Şu munosabat bilan Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud birinçi bölib söz oldi. 

“Biz uçraşuvimizni dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari yetakçilari sifatida koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşdagi mas'uliyatimizni namoyiş qilib ötkazmoqdamiz. Bu kuraş bizdan turli darajalarda qat'iy çoralar qabul qilişni talab qiladi”, deb aytgan Saudiya Arabistoni podşohi.

Uning ta'kidlaşiça, “Katta yigirmatalik” a'zolari joriy inqirozni va uning oqibatlarini yengib ötiş uçun rivojlanayotgan va kam rivojlangan davlatlarga yordam qölini çözişlari kerak.

“Yigirmatalik”ning navbatdan taşqari sammitiga Ispaniya, Iordaniya, Singapur va Şveytsariya qöşilgan. Vetnam sammitda Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasini, JAR Afrika ittifoqini, BAA Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşini, Ruanda esa Afrikani rivojlantiriş manfaatlari yölida yangi hamkorlikni bildirmoqda.

Şuningdek, sammitda xalqaro taşkilotlardan BMT, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Jahon savdo taşkiloti, Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti, Xalqaro mehnat taşkiloti, Jahon banki guruhi, Moliyaviy barqarorlik kengaşi, Xalqaro valuta jamğarmasi iştirok etadi.  

Şoşilinç sammitning mavzusi koronavirus pandemiyasi va uning global iqtisodiyotga ta'siri hisoblanadi.