«Katta yigirmatalik»ning aksar davlatlari Covid-19’ning supertarqatuvçisiga aylangan. Koronavirus Xitoy (virus tarqalayotganini yaşirişga uringan davlat) sarhadlarini tark etgaç, AQŞ va boşqa bir qator boy davlatlar pandemiyaning ilk bosqiçlarida xatolarga yöl qöyişdi va bu virusning dunyo böylab tarqalib ketişiga sabab böldi. Katta davlatlar sal ertaroq çora köra boşlaganida qaşşoq davlatlarda kasallaniş holatlari soni qisqa muddat içida bunçalar köpayib ketmagan bölardi. Undan ham yomoni ularda butun dunyoni emlaş istagi yöqligi vaksinatsiyani bema'ni tadbirga aylantirib, virusning yangi, yuqumliroq va xavfliroq ştammlari paydo bölişi uçun şaroit yaratib berdi.
Statistik modellarning körsatişiça, ötgan yilning martigaça bölgan xalqaro aviareyslar koronavirusning global miqyosda tarqalişida eng muhim faktor bölgan. Buni quyida keltirilgan «alfa» ştammi (şuningdek, britan yoxud kent ştammi nomi bilan ham maşhur) tarqalişi va ötgan yil oktyabrda London aeroportlaridan turli davlatlarga bölgan aviareyslar çastotasini izohlovçi grafikalarda ham köriş mumkin. «Alfa» ştammi tarqalişida, xususan, Ispaniya, Italiya va Germaniya ajralib turgan.
Pandemiyaning ilk bosqiçlaridagi ma'lumotlar virusning turli ştammlari qanday paydo bölganini köriş imkonini beradi. Agar biz bu ma'lumotlarni hukumatlar tomonidan qöllangan çoralar haqidagi «Oksfordning Covid-19’ga davlatlarning reaksiya qiliş çoralari monitoringi» (OxCGRT) bilan soliştirsak, kasallikning tarqalişini aniqlaş mumkin. AQŞ va Buyuk Britaniyaning xato qarorlari «Katta yigirmatalik» davlatlari orasida ajralib turadi.
Supertarqatuvçi şaharlardan biri – Nyu-York. Koronavirus bilan ilk kasallaniş holati 2020 yilning 29 fevralida, ya'ni AQŞ Xitoyning muayyan hududlaridan kirişni taqiqlaganidan bir oyça ötib qayd etilgan. Covid-19 Italiyada «javlon urayotgan» bölsa-da, AQŞ Yevropa qit'asidan kelayotganlarga çeklovni JSST pandemiya boşlanganini e'lon qilganidan ikki kun ötibgina, ya'ni 13 martga kelib joriy qiladi va 16 martdan bu taqiq Buyuk Britaniya va Irlandiyadan keluvçilarga ham qöllana boşlanadi.


















