Raqsga tuşadigan osmonöpar binoni yaratiş ğoyasi arxitektor Devid Fişerga tegişli.

Bu kabi yana 80 ta bino quriladi. Ularning bari öz öqi va bir-biriga nisbatan aylanadi. Dubay hukumati uçun quriliş taxminan 700 million dollarga tuşadi.

Dynamic Tower binosida ofis binolari, elita uçun köçmas mulk va oddiyroq xonadonlar böladi. Avtomobil egalari uçun binoda yuk kötaradigan liftlar bölib, ular uy egasini avtomobilida xonadoniga yetkazadi. Binoni bezatiş uçun hovuz va boğlardan foydalaniladi.

Diqqatga sazovor jihati şundaki, pentxausda yaşovçilar qavatlarning aylaniş tezligi va takrorlanişini mustaqil ravişda boşqarişlari mumkin. Boşqalari ham ovozli töplam körsatkiçiga qarab aylanadi.
Ulkan inşoot şamol turbinalari va quyoş batareyalari energiyasi hisobiga aylanadi. Dynamic Tower mini-elektrosantsiyaga ega birinçi aylanuvçi binodir. Inşoot bir neça qöşni uylarni ham elektr quvvati bilan ta'minlay oladi.

Dastlab loyiha mualliflari va ğoyani amalga oşiruvçilar binoni 2010 yilda yakunlaşni rejalaştirişgan edi. Biroq bu loyiha bugungi kunga qadar ham loyihaligiça qolmoqda.







