Buenos-Ayresda ötgan “Katta yigirmatalik” sammiti 1 dekabrda qöşma bayonotning qabul qilinişi bilan yakunlandi. Yakuniy hujjat böyiça ziddiyatlar oxirgi lahzagaça saqlanib qoldi, biror u aniq maqsadlar qöyilmagan holda qabul qilindi.

“Yigirmatalik” davlatlari xalqaro savdo tizimi va Jahon savdo taşkiloti takomillaştirilişi zarurligi haqidagi fikrga kelişgan. Sammit iştirokçilarining fikriça, amaldagi tizim “oldiga qöyilgan vazifalarni bajarmayapti”. Yetakçilar bu boradagi islohotlarni keyingi sammitda muhokama qilişga kelişib olişgan.  

Şuningdek, hujjatda AQŞ va “yigirmatalik”ning qolgan davlatlari örtasida iqlim böyiça turli fikrlik saqlanib qoldi. AQŞ iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqmoqçiligini tasdiqlagan, qolgan davlatlar esa toza energetikani rivojlantirişga sodiqliklarini ta'kidlab ötişgan.

“Yigirmatalik” keyingi 3 yil uçun korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça harakatlar rejasini ma'qulladi. Bundan taşqari, G20 yetakçilari internetni terrorçilik maqsadlarida qöllaşga qarşi kuraşişga çaqirişdi va odamlarni öz yurtlaridan qoçişga majbur qiluvçi sabablarni bartaraf etiş uçun birgalikda harakat qiliş muhimligini ta'kidlab ötişdi. 

Murosasiz norozilik namoyişlari va politsiya bilan töqnaşuvlar ortida ötgan, Gamburgdagi avvalgi sammitdan farqli, Argentina poytaxtida ötgan sammit vaqtida osoyiştalik hukm surgan. 30 noyabrda Buenos-Ayres markazida kelişilgan yönaliş böyiça antiglobalçilar marşi heç qanday noxuş voqealarsiz ötgan. 

Rejaga köra, “yigirmatalik”ning keyingi uçraşuvi 2019 yilning 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka şahrida ötadi.