Samarali muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Qöşma bayonotni imzoladi.
Davlat rahbarlari, şuningdek, Oliy Davlatlararo kengaş doirasida geologiya, nodir yer metallarini qazib oliş, transçegaraviy daryolar oqimini prognoz qiliş böyiça ikki tomonlama işçi guruhlarni tuziş, Özbekiston va Qozoğiston hududlari rahbarlarining Kengaşini taşkil etiş töğrisidagi qarorlarni qabul qildi.
Taşrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan:
- Transçegaraviy suv obektlarini birgalikda boşqariş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisidagi bitim;
- Bojxona xizmati vakolatxonalarini oçiş töğrisidagi bitim;
- Çegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radioçastotalarni özlaştirişni muvofiqlaştiriş töğrisidagi bitim;
- Qöşma harbiy öquvlarni ötkaziş töğrisidagi bitim;
- Qöşma investitsiya platformasini yaratiş töğrisidagi hadli bitim;
- 2026–2027 yillarga möljallangan turizm sohasida hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi;
- Adliya vazirliklari örtasida 2025–2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
- Toğ-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantiriş töğrisidagi memorandum;
- Özbekiston Yoşlar işlari agentligi va “Assambleya jastary” jamoat birlaşmasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumi;
- Soğliqni saqlaş vazirliklari örtasida ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Tibbiy suğurta jamğarmalari örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Toşkent şahar hokimligi va Ostona şahar hokimligi örtasida hamkorlik bitimi;
- “Özbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aksiyadorlik jamiyatlari örtasida hamkorlik bitimi.
Imzolangan hujjatlar savdo, investitsiya, suv-energetika, mudofaa, soğliqni saqlaş, turizm, yoşlar siyosati va şaharlar örtasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi qayd etilmoqda.


















