«Buyuk döst» va trillionlar. Muhammad bin Salmonning AQŞga taşrifi qanday ötdi?
|03:06 / 22.11.20258 28611 min
Donald Tramp yetti yil deganda ilk marta Oq uyga kelgan Saudiya valiahd şahzodasini noodatiy dabdaba bilan kutib oldi. Tomonlar AI çiplar va mudofaa kelişuvi imzoladi: qirollik F-35ʼlarni oladi. Bin Salmon AQŞga kiritiladigan sarmoyani 1 trillion dollarga oşirdi, Tramp yanada köproq söradi. Jurnalistlar bilan uçraşuvda esa Qoşiqçining ölimi asosiy mavzu böldi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonni – boşqa davlatlarga kamdan-kam qilinadigan katta dabdaba bilan kutib oldi. Oq uy oldida faxriy qorovul saf tortdi, töplardan salyut otildi va AQŞ harbiy samolyotlarining Vaşington uzra parvozi bilan taşrif boşlandi.
Foto: AP
Kelişuvlar, hamkorlik va qurollar
AQŞ va Saudiya Arabistoni imzolagan asosiy hujjat – «Yaqin Şarq böylab tiyib turiş qobiliyatini mustahkamlaydigan», AQŞ mudofaa sanoati kompaniyalarining qirollikdagi faoliyatiga doir Strategik mudofaa kelişuvidir. Biroq mazkur kelişuv Saudiya xohlagan – Kongress tomonidan ratifikatsiya qilinadigan NATO uslubidagi şartnomaga töliq mos kelmagan.
Uçraşuvda Tramp F-35 qiruvçi samolyotlarini kelajakda yetkazib berişni ma’qulladi, Saudiya esa AQŞdan 300 ta tank xarid qilişga rozi böldi. Riyod 48 ta F-35 qiruvçilarini söragan. Reutersʼning yozişiça, qirollikka birinçi marta sotilayotgan uşbu samolyotlar – Isroilning «sifat jihatdan harbiy ustunligi» talqinini sinovdan ötkazadi.
Foto: AP
Bundan taşqari, tomonlar fuqaroviy yadro hamkorligi böyiça muzokaralarning yakunlanganini tasdiqlovçi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Riyod AQŞ yadro texnologiyasiga kirişni istamoqda, biroq Vaşingtonning uranni boyitiş va qayta işlaşdan voz keçiş talabi böyiça qarşilik körsatmoqda.
Oq uy aytişiça, ikki tomon sun’iy intellekt böyiça özaro anglaşuv memorandumi va muhim minerallar böyiça hamkorlik doirasini ham belgilab olgan.
Mavzuga oid
Uçraşuvdagi yana bir şov-şuvli va’dani Bin Salmon berdi. U AQŞga kiritiladigan Saudiya investitsiyalarini 600 milliard dollardan 1 trillion dollarga yetkazişga va’da berdi. Biroq muddat va tafsilotlarini aytmadi.
Oq uydagi noqulay savollar va «Qoşiqçi mavzusi»
18 noyabr kuni Oq uydagi asosiy muzokaralar medianing kun tartibida bölişiga asosiy sabab – saudiyalik marhum jurnalist Jamol Qoşiqçi edi. Qirollikning tanqidçisi bölgan jurnalist 2018 yil oktabr oyida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida öldirilgan.
Kutilganidek, Oq uy jurnalistlari Trampni ham, MBSni ham ayab ötirmadi. Xususan, ABC News muxbiri Meri Bryus prezidentlarga Jamol Qoşiqçining öldirilişiga şahzodaning aloqasi, «11 sentabr voqealari» va Tramp oilasining qirollikdagi bizneslari haqida savollar berdi.
ABC News jurnalisti Meri Bryus / Foto: AP
Donald Tramp bu savollarga keskin javob qaytardi. «Mehmonimizni bunday savollar bilan şarmanda qilişingiz şart emas», dedi. Şuningdek, savollardan jahli çiqqan Tramp jurnalist işlaydigan ABC News kanalini «feyk xabarlar tarqatadigan eng yomon naşr» deb atadi.
«Meni oilaviy biznesga heç qanday aloqam yöq. Men u yerdan ketganman va energiyamning 100 foizini işga bağişlaganman. Oilam hamma joyda biznes qiladi. Aslida ular Saudiya Arabistoni bilan juda oz iş qilgan, menimça ular juda köp iş qilişi ham mumkin”, dedi Tramp.
Şuningdek, Tramp Qoşiqçini «juda bahsli odam» deb atadi. «Voqealar sodir böladi, lekin u (valiahd şahzoda) bu voqeada heç narsani bilmagan va biz şu bilan yakunlaymiz», dedi Tramp. Aslida esa AQŞ razvedkasi bu qotillik – şahzodaning buyruği bilan amalga oşirilgan, degan xulosaga kelgan.
Oq uyga yaxşilab tayyorlanib kelgan Bin Salmon savollar vaqtida özini xotirjam tutişga harakat qildi. Uning aytişiça, 11 sentabr teraktida Usama bin Lodin AQŞ-Saudiya munosabatlarini buziş uçun saudiyalik fuqarolardan foydalangan.
Foto: Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi
MBS, Qoşiqçining öldirilişi borasida esa hukumati çoralar körganini aytdi. «Biz Saudiya Arabistonida tekşiruvning barça töğri bosqiçlarini bajardik. Tizimimizni, şunday hodisalar qaytarilmasligiga işonç hosil qiliş uçun yaxşiladik. Bu oğriqli va ulkan xato edi», — dedi bin Salmon.
Suhbatda Tramp, qirollikning inson huquqlari borasidagi yutuqlarini maqtab qöydi. Ammo aniq bir tafsilot keltirmadi.
Isroil va Ğazo masalasi
Oq uydagi uçraşuvda Ğazodagi vaziyat va Isroil bilan munosabatlar masalasi ham kötarildi. Tramp Ğazoning «Tinçlik kengaşi» bir neçta davlat rahbarlaridan tarkib topişini aytib, «uylariga qaytayotgan» Ğazo aholisiga minnatdorlik bildirdi. Uning aytişiça, Ğazo hozir oldingiga qaraganda ança xavfsiz.
Foto: White House
Muhammad bin Salmon uning mamlakati Isroil bilan munosabatlarni normallaştiriş uçun Falastin davlatiga «aniq yöl» kerakligini aytdi.
«Biz Ibrohim kelişuvlarining bir qismi bölişni istaymiz. Ammo ikki davlat yeçimi böyiça aniq yölga ega ekanligimizga işonç hosil qilmoqçimiz,» dedi MBS Oval kabinetda.
«Buyuk döst» va ittifoqçi
18 noyabr kuni qiyin savollardan keyin Oq uyda rasmiy tuşlik böldi. Unda Tramp yiğilganlarga murojaat qilib, valiahd şahzodani «buyuk döst, yetakçilik, jasorat va kuçga ega inson» deb atadi.
Tadbirga şuningdek, Ilon Mask kabi yuzlab biznes yetakçilari, Kriştianu Ronaldu kabi futbol yulduzlari ham taklif qilindi. Tramp «öğlim – Ronalduning katta işqibozi», deb uni alqab qöydi.
Foto: AP
Aynan uşbu keçada Donald Tramp Saudiya Arabistoniga NATOga kirmagan AQŞning asosiy ittifoqçisi (Major Non-NATO Ally) maqomi berilişini aytdi. «Bu orqali ikki davlat harbiy hamkorligi yanada balandroq bosqiçga kötarilyapti», dedi AQŞ yetakçisi. Bu maqom Saudiyaga harbiy va iqtisodiy imtiyozlar beradi, biroq xavfsizlik kafolatini bermaydi.
Trampning ta’kidlaşiça, iyun oyida AQŞ tomonidan Eron yadroviy obektlariga berilgan zarbalar Saudiya Arabistonini yanada xavfsiz qilgan.
AQŞ–Saudiya investitsiya sammiti
Aytiş joiz bölsa, taşrifning eng “foydali kunlari” ertasiga sodir böldi. Saudlar Vaşingtonda AQŞ–Saudiya investitsiya sammitini uyuştirdi. Unga ikki yetakçilardan taşqari, Amerika korporativ dunyosining eng qudratli rahbarlari, yetakçi biznesmenlar taşrif buyurdi.
MBS sammitdan bir kun oldin AQŞga kiritiladigan investitsiyalarni 600 milliard dollardan 1 trillion dollarga oşirişini aytgandi. Forumda nutq sözlagan Donald Tramp esa undan yana-da köproq pul söradi.
Foto: Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi
«Biz suratga tuşayotganimizda men unga, ʼBuni 1,5 trillion dollar qila olasizmi?ʼ deb aytdim. Endi u bu haqda öylaşi kerak», dedi Tramp.
Şuningdek, Tramp ikki davlat «dunyodagi eng katta, eng qudratli, eng innovatsion sun’iy intellekt ekotizimini quriş uçun yaqindan hamkorlik qilişini» bildirdi.
Kimlar bilan qanday kelişuvlar böldi?
Saudiya Arabistoni Investitsiya vazirligi çorşanba kuni tarqatgan bayonotida qirollik va AQŞ örtasida 267 milliard dollardan ortiq kelişuvlar va bitimlar tuzilganini aytdi. Biroq bu bitimlarning barçasi amalda bajariladi degani emas.
Xususan, Ilon Maskning xAI kompaniyasi va Nvidia – Saudiya davlatiga qaraşli Humain kompaniyasi bilan qirollik hududida ma’lumot markazi quriş uçun hamkorlik qiladi.
Foto: New York Times
Humain, şuningdek Blackstone, Global AI, AMD va Cisco bilan ham bitimlar tuzdi. Saudlarning kompaniyasi Nvidia'ning AI çiplaridan 600 ming dona sotib olişni ham reja qilgan.
Bundan taşqari, MP Materials AQŞ Mudofaa vazirligi va Saudiya davlat konçilik kompaniyasi Maaden bilan birgalikda qirollikda noyob yer elementlari uçun qayta işlaş zavodi quradi.
Neft giganti Saudi Aramco ham yirik AQŞ kompaniyalari bilan qiymati 30 milliard dollardan oşişi mumkin bölgan 17 ta özaro memorandum va kelişuvlar imzolagan.
Yana nimalar böldi?
Muhammad bin Salmon AQŞga taşrifining ikkinçi kunida Kongress a’zolari bilan ham uçraşdi. Bin Salmonga AQŞ Kongressida körsatilgan munosabat boşqa dunyo liderlariga beriladigan qabulga qaraganda sustroq böldi. Xususan, tadbir e’lon qilinmadi va unga OAV vakillari kiritilmadi.
Foto: Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi
AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni Sudandagi davom etayotgan gumanitar inqirozga e’tibor qaratiş niyatini bildirdi. Ma’lum bölişiça, bu masalani Saudiya valiahd şahzodasi Trampdan iltimos qilgan.
«Janobi oliylari Sudanga oid juda kuçli bir iş qilişimni xohlaydi. Bu masalaga aralaşiş rejalarimda yöq edi. Ammo siz va bu xonadagi köplab döstlaringiz uçun bu qançalik muhimligini köryapman», dedi Tramp.
Saudiya eplay oladimi?
AQŞga 1 trillion dollarlik investitsiya kiritiş – Saudiya Arabistoni uçun oson bölmaydi. Çunki qirollikda futuristik megaşaharlar, 2034 yil Jahon çempionati uçun stadionlar kabi juda qimmat va keçikayotgan loyihalarga allaqaçon katta xarajatlar qilinmoqda.
Foto: AP
Şunday bölsa-da, uning keng hududlari va energiya resurslari AI infratuzilmasini quriş uçun hal qiluvçi omillar hisoblanadi.
Trampning özi ham Saudiya Arabistoni bilan biznes aloqalaridan naf körişi mumkin. U va uning bir neçta yaqin maslakdoşlari köçmas mulk va boşqa investitsiya sohalarida Saudiya hamkorlari bilan biznes bitimlar tuzgan. Ammo seşanba kuni Oq uydagi uçraşuvda Tramp manfaatlar töqnaşuvi ehtimolini rad etdi.