Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişiga aloqador. Bu haqda amerikalik senator Robert Korker MRB rahbari Jina Xaspel tomonidan ötkazilgan yopiq brifingdan söng bayonot berdi, deb xabar qilmoqda CNN.

«Bu jinoyat Muhammad bin Salmonning körsatmasiga köra taşkillaştirilgan va rejalaştirilgan, degan xulosaga kelmaslik uçun odam ataylab özini kör qilib körsatişi kerak. U avvalboşdan Qoşiqçining ölimiga aloqador bölgan», - dedi Korker jurnalistlarga. Uning qöşimça qilişiça, MRB hisobotiga köra, jurnalistni öldirişda iştirok etgan jamoa uning jasadini bölaklab taşlaşda yordam körsatiş uçun sud ekspertini taklif qilgan.

Robert Korker
Foto: AP

Tennessi ştatidan senator Korker va Şimoliy Karolinadan senator Lindsi Grexam Muhammad bin Salmonga qarşi sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasini taqdim etiş niyatida. «Agar u sudya oldida javob berganida, 30 daqiqa içida hukm çiqarilgan bölardi», - deya ta'kidlab ötdi Korker. Qayd etilişiça, podşohlikka nisbatan javob çoralari AQŞning Yamandagi harbiy harakatlarda iştirokini çeklaşni ham öz içiga olişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMT boş kotibi va Saudiya Arabistoni şahzodasi Qoşiqçi işini muhokama qilgandi.