UzMobile milliy mobil aloqa operatorining sobiq boş direktori Vladimir Kravçenko davlat tomonidan sotib olingan Ucell mobil aloqa kompaniyasiga yangi rahbar etib tayinlandi. U bugun, 5 dekabr kuni Ucell jamoasiga rahbar sifatida taniştirilgan.

Telia Company şved-fin kompaniyasi Ucell'ni Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasiga 215 mln dollarga sotişi ortidan kompaniyaga 2014 yil sentabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Tonu Gryunberg xodimlari bilan xayrlaşgan.
Ucell'dagi manbalarga köra, kompaniyaning xorijlik xodimlari işdan böşatilgan va ularning örnini mahalliy mutaxassislar egallagan.
Vladimir Kravçenko 1985 yil tuğilgan, Toşkent xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.
Ayni vaqtda 33 yoşda bölgan Kravçenko 2017 yil martida UzMobile boş direktori etib tayinlangandi. U keyinroq kompaniyada tijoriy direktor sifatida faoliyatini davom ettirib kelayotgandi.
Qayd etiş kerakki, Ucell davlatga sotilişi ortidan Özbekistonda faoliyat körsatayotgan aloqa operatorlarining 3tasi davlat kompaniyasiga aylandi - Ucell'dan taşqari Uzmobile va UMS ham davlatga tegişli.










