Coscom mobil aloqa operatoriga (Ucell) egalik qilgan Telia Company şved-fin kompaniyasi özining barça uluşini (aksiyalarning 94 foizi) Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasiga sotdi. Kompaniya press-relizida Ucell'ni 215 mln dollarga sotiş hisobiga şu kungaça şakllangan eski majburiyatlar saqlanib qolayotgani ma'lum qilingan.

Manbalarga köra, mobil operatoriga endilikda UzMobile milliy mobil aloqa operatorining sobiq boş direktori Vladimir Kravçenko boş direktor bölgan.

Ma'lumot uçun, 2007 yilning iyulida Telia (öşa vaqtda Telia Sonera) Coscom'ning asosiy aksioneriga aylangandi. 2008 yili esa operator Ucell brendi ostida faoliyat yurita boşlagandi. Kompaniyada 1250 nafarga yaqin xodim işlab kelmoqda. Abonentlar soni 7 million atrofida. 

Telia MDH va Markaziy Osiyo bozoridan ketişi avvalroq ma'lum bölgandi. 2017 yilning oktabrida Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotgandi. 2018 yilning fevralida esa Qozoğistonda faoliyat olib borgan KCell «Kazaxtelekom»ga sotib yuborildi.

Qayd etiş kerakki, 2017 yili Telia AQŞ Adliya vazirligiga Özbekistondagi korrupsiya işi böyiça qariyb 1 mlrd. dollar (965 million dollar) tölagandi. Bunga Telia Sonera 2007-2010 yillarda Özbekiston bozoriga çiqiş uçun taxminan 300 mln. dollar pora bergani sabab bölgandi (jurnalistlar 2012 yilda uşbu ma'lumotni aniqlaşgan va oxir-oqibat kompaniya öz aybini tan olgandi).

Eslatib ötamiz, şu yilning noyabrida UMS mobil operatorining 100 foizlik davlat uluşi «Raqamli işonç» jamğarmasiga berilgandi