Turkmaniston marhum prezidenti Saparmurod Niyozovning oila a'zolari Trockland Group developerlik kompaniyalari guruhida aksiyalarga ega va Berlindagi Checkpoint Charlie yonida bir neça komplekslar qurmoqçi, deb xabar qilmoqda Der Tagesspiegel gazetasi.
Naşr ma'lumotlariga köra, 2006 yilda vafot etgan Turkmanboşining bevasi, qizi va nabirasi alohida kompaniyalar aksiyalariga egalik qiladi. Uning kuyovi Vladimir Sokolov esa muqaddam Trockland Group’ga xususiy şaxs sifatida investitsiya kiritgan, 2014 yilda Rossiyaning VTB Kapital banki vitse-prezidenti lavozimini tark etib, kompaniyaga şerik sifatida qöşilişga qaror qildi. Hozir u Trockland Group vitse-prezidenti sanaladi hamda kompaniyaning köp millionli sarmoyalari uçun mas'ul.
Ta'kidlanişiça, sobiq prezidentning bevasi Muza Niyozova Trockland XI Charlie GmbH kompaniyasi uluşiga egalik qiladi, uni öz kuyovi Sokolovdan sovğa sifatida olgan. Şuningdek, u özi hamda boşqa aksiyadorlar aksiyalarini sotib yubormagunça, Pankov tumanidagi Dantsinger Ştrasseda «Paragon Appartements» qurilişi uçun mas'ul bölgan kompaniya aksiyalariga egalik qilgan. Rasmiy hujjatlarga köra, Niyozovning bevasi Moskvada yaşaydi, u Niyozov ölimidan ança oldin u yerga köçib ötgan hamda Turkmanistonga kam borgan.
Irina Niyozovaning qizi Trockland VII Herzbergstraße kompaniyasida iştirok etadi, uning aksiyalarini onasidan sovğa sifatida olgan. U turmuş örtoği va qizi Yekaterina bilan Londonda röyxatdan ötgan. Öz navbatida, Yekaterina Trockland Group kompaniyasi bir qismi bölgan Trockland VI Klosterstrasse 62 firmasidagi uluşga ham ega.
Maqolaga köra, kompaniya sovuq uruşi davrida Berlin devori ötgan va şaharning şarqiy hamda ğarbiy qismlari örtasida ötkaziş punkti bölgan joy - Checkpoint Çarlie’da binolar, kvartiralar, Hard Rock mehmonxonasi va muzey joylaşgan ikkita katta kompleks qurişni rejalaştirilgan. Bugungi kunda bu tuman Germaniya poytaxtining eng qimmat tumanlaridan biri sanaladi.








