Kolumbiyalik narkobaron Xuan Karlos Ramires Abadiya hibsga olinişdan qoçiş uçun köplab plastik operatsiyalarni boşdan ötkazganini tan oldi. U uzoq vaqt politsiyani “laqillatib” yurişga muvaffaq bölgan, biroq avvalgidek qolgan ovozi unga oxir-oqibat “pand bergan”.
Narkobaron Braziliyaning San-Paulu şahri yaqinida uşlangan. Şimoliy vodiy karteli yetakçisi dunyoda eng qidiriluvçi jinoyatçilardan biri bölgan. AQŞning giyohvand moddalar tarqatilişiga qarşi kuraşuvçi boşqarmasi uning yaşiringan joyi haqidagi ma'lumot uçun 5 mln dollar mukofot puli va'da qilgan. Şunga qaramay, jinoyatçi uzoq yillar yaşirinib yurişga muvaffaq bölgan.
Abadiyaning tan olişiça, u öz qiyofasini plastik operatsiyalar yordamida tanib bölmas darajagaça özgartirgan. U jaği, közlari, burni, quloği va yonoqlarini töliq özgartirgan. Uni eski suratlari böyiça topib bölmagan, biroq u yaşiringan joyini tark etmaslikka harakat qilgan va u yerdan turib narkobiznesini boşqargan. Oxir-oqibat politsiya jinoyatçi telefon qönğiroğini amalga oşirganda uning iziga tuşişga muvaffaq bölgan, çunki ovozi yuzidan farqli ölaroq, özgarişsiz qolgan.
Jinoyatçi AQŞga ekstraditsiya qilingan. U özining giyohvand modddalar sotiş va köplab qotilliklarni taşkillaştirişda aybdorligini tan olgan. Unga 30 yillik qamoq jazosi tayinlandi.












