AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uy xodimlari apparati rahbari Jon Kelli öz lavozimidan ketişini ma'lum qildi.
CBS telekanalining xabar berişiça, Kelli lavozimidan yil oxirida ketadi. Tramp uning işini qadrlaşini aytib ötgan.
“Biz Jonning örnini kim egallaşini e'lon qilamiz. Bu vaqtinçalik tayinlov bölişi mumkin”, deb aytgan Tramp va bu boradagi qarorni yaqin ikki kun içida e'lon qilişini qöşimça qilgan.
Kelli bu lavozimga 2017 yil yozida tayinlagan. Öşanda u içki xavfsizlik vaziri bölgan.













