AQŞ prezidenti ma'muriyati boşliği Jon Kelli iste'foga çiqadi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma'lum qilgan.
Tramp Kellini «zör yigit» deb atagan va hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirgan. AQŞ prezidenti ma'muriyatining yangi rahbari «yaqin kunlar»da ma'lum qilinadi.
Tramp ma'muriyati rahbarligi uçun asosiy nomzod Nik Ayyers hisoblanmoqda, ayni vaqtda u AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pensning apparatini boşqarmoqda.
Jurnalist Bob Vudvordning «Qörquv. Tramp Oq uyda» deb nomlangan, sentabr oyida naşrdan çiqqan kitobida aytilişiça, Jon Kelli bir safar Trampni «tentak» deb atagan. Keyinroq Kelli bu ma'lumotni rad etib çiqdi.
Kellining iste'foga çiqarilişi haqida bir neça hafta avvalroq gapirila boşlangandi. Xabarlarda u Trampning rafiqasi — Melaniya bilan ziddiyatga borgani aytilgan.
Ma'lumot uçun, Tramp prezidentlik lavozimini egallagan 2017 yil yanvaridan buyon uning administratsiyasini jami 28 kişi tark etdi.













