Geodeziya va kartografiya işlarini röyxatga oliş töğrisidagi qarorni beriş tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Agar ilgari “Davgeodezkadastr” qömitasi röyxatga oluvçi organ bölgan bölsa, endi bu vakolat Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga (keyingi örinlarda Inspektsiya deb ataladi) berildi. Ruxsat beriş tartib-taomilidan ötiş tartibi esa 2019 yilning 1 martidan boşlab amalga kiritiladi.
 
Röyxatga oliş töğrisidagi qaror geodeziya va (yoki) kartografiya işlarini amalga oşiriş huquqini beradigan hujjat hisoblanadi (amal qiliş muddati çeklanmaydi).  U faqat uşbu faoliyat turiga töliq yoxud alohida iş turlariga litsenziyaga ega yuridik şaxslarga beriladi.

Röyxatga olinadigan faoliyat turlari 

Quyidagi davlat va maxsus ahamiyatga molik iş turlari uçun röyxatga oliş töğrisidagi qaror zarur:

Şuningdek, röyxatga oliş töğrisidagi qarorni rasmiylaştiriş  zarur bölmagan işlar ham körsatilgan.
 
Röyxatga oliş uçun hujjatlar
 
Qarorni oliş uçun ariza beruvçi Inspektsiyaga belgilangan şakl böyiça ariza taqdim etişi va quyidagilarni ilova qilişi zarur:

•    arizaning körib çiqilişi uçun yiğimni tölaganligini tasdiqlovçi hujjat. Bunda davlat byudjyeti hisobidan moliyalaştiriladigan işlarni röyxatga oliş bepul amalga oşiriladi;
•    geodeziya va kartografiya işlarini bajarişga texnik loyiha (dastur).
 
Hujjatlar YaIDXP, Inspektsiyaning veb-sayti hamda boşqa elektron tizimlar orqali taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvçining ERI bilan tasdiqlanadi. Inspektsiya xöjalik yurituvçi sub'yekt töğrisidagi ma'lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Jismoniy va yuridik şaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasidan mustaqil ravişda oladi.
 
Arizani körib çiqiş çoğida Inspektsiya texloyihalarni ekspertizadan ötkazadi va ekspert xulosasini rasmiylaştiradi. Agar u ijobiy bölsa - röyxatga oliş töğrisidagi qarorni beradilar. Ariza taqdim etişdan qaror berişgaça bölgan barça tartib-taomil, jumladan ekspertiza uçun 10 iş kunigaça bölgan muddat talab etiladi.