“Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimini joriy etiş tartibini belgilaydi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati davomida qonunçilik buziliş xavf darajasi tahlili quyidagilar asosida amalga oşiriladi:

  • “Lisenziya” axborot tizimi ma’lumotlari;
  • geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlari tomonidan şakllantirilgan hisobotlar, kartografik materiallar (ma’lumotlar);
  • agentlik axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar;
  • doimiy faoliyat körsatadigan sun’iy yöldoş orqali kuzatiş stansiyalaridan foydalanayotgan sub’yektlar ma’lumotlari;
  • metrologik tekşiruvdan ötkazilgan ölçaş vositalari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • yagona milliy mehnat tizimida geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlarida işlovçi xodimlar ma’lumotlari;
  • soliq tizimi bazalaridan geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlari hamda ular geodeziya va kartografiya faoliyati yönalişida amalga oşirilgan loyihalari (şartnoma raqami, nomlari) töğrisidagi ma’lumotlar;
  • ötkazilgan tekşiruvlar hamda profilaktika tadbirlari natijasi materiallaridagi ma’lumotlar;
  • yuridik va jismoniy şaxslardan kelib tuşgan murojaatlar;
  • ommaviy axborot vositalaridan yoki boşqa taşqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar;
  • qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalardan va tadbirkorlik sub’yekti odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir körsatmagan holda, davlat organlari va boşqa taşkilotlardan olinişi mumkin bölgan boşqa ma’lumotlar.

Xavf darajasi tahlili jarayonida geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlaridan hujjatlarni va axborotlar talab qilinişiga yöl qöyilmaydi, qonunçilik hujjatlarida taqdim etilişi belgilangan hollar bundan mustasno.

Xavf darajasi tahlili har bir sub’yekt böyiça agentlik tomonidan bir yilda kamida bir marotaba xavfni tahlil etiş tizimi orqali amalga oşiriladi.

Xavfini tahlil qiliş va natijalarini baholaş dasturiy mahsulotni qöllaş orqali amalga oşiriladi.