Turkiya - gastronomik turizm böyiça katta salohiyatga ega bölgan oz sonli mamlakatlardan biri, dedi uşbu davlat madaniyat va turizm vaziri Mahmud Nuri Ersoy «Anadolu» agentligiga.

Vazirning eslatişiça, Ğaziantep va Xatay turk provinsiyalari YuNESKOning ijodiy şaharlar Tarmoğiga kiritilgan.

«2018 yil yakunlari böyiça Turkiyaning mehmonxona sektori daromadlari 10 milliardni taşkil etadi, gastronomik turizmdan esa 5 milliard dollarga baholanmoqda. Bu raqamlar gastronomik turizm salohiyatini oçiş va kengaytiriş kerakligini körsatadi. Garçi Turkiya gastronomiya va milliy taomlar jihatidan raqobatçilarni ortda qoldirsa ham, afsuski, bu raqamlarda aks etmayapti», - dedi Ersoy.

Vazirning sözlariga köra, turk oşxonasi butun dunyo böylab maşhur bölib, mintaqaga qarab mamlakat böylab özgarib boradi, bu juda muhimdir.

«Turkiyaning har bir mintaqasi milliy taomlarni tayyorlaşda öziga xos xususiyatlar va qadimgi an'analarga ega. Turkiya dunyoda öz oşxonasini tarğib qiliş va şu bilan birga, gastronomik turizmdan daromad oliş uçun harakat qilmoqda. Turkiya Turizm va madaniyat vazirligi bu yönalişda jiddiy iş olib boryapti», - deya qayd etib ötdi Ersoy.

Vazirning sözlariga köra, 2019 yilda vazirlikning sa'y-harakatlari Turkiyada gastronomik turizmni rivojlantirişga yönaltiriladi.

«Kelgusi yilning mart oyidan boşlab xorijda gastronomik körgazmalar taşkil etiladi. Körgazmalar Yaponiyada bölib ötadi: Tokio va Kioto. London, Berlin va Moskvadagi körgazmalar 2020 yilga möljallangan», - deya qöşimça qilib ötdi u.

Turizm sohasidagi jiddiy tösiqlar ma'lum qilindi