Taxir va çuçmal mavzu. Odatiy holga aylangani uçun yozişdan oldin ming mulohazaga borişga majbur qilgani rost. Lekin, mazkur material orqali minglab tadbirkorlar manfaatini himoya qiliş imkoniyati ham bordek... 

Tanganing ikkinçi tomoni ham bor. «Tadbirkorning oddiy aholiga qaraganda mablaği köp. Saxovatpeşalik qadim-qadimdan uluğlanib kelgan. Homiylik qilsa qilibdi-da?» deydiganlar ham topiladi. Biroq tadbirkor ham pulni köçadan supurib olmaydi. Keyin homiylik norizo bölib emas, rozi bölib qilinadigan harakat.

Navbatdagi murojaat quyidagiça. Tadbirkor yigit Fayozxon Şukurov Andijon şahri, Bobur şoh köçasi, «Sanoat» MFY hududidan bino sotib olgan. Körimli va katta bino. Maqsadi, hududda mehmonxona oçiş edi. Özi ham foyda köradi, aholi işli böladi. Buyoqda ommaviy axborot vositalari «Tadbirkorlikka keng yöl» deb bong uryapti.

Sotib olingan binoning kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun inşootning tört tomonidagi qöşnilari bilan kelişuv dalolatnomasi tuzilişi kerak ekan. Yon qöşnilar barçasi imzo çekib berişdi. Öşa dalolatnoma pastiga MFY raisi muhri va imzosi qöyilişi belgilab qöyilgan.

Şu sababli, tadbirkor «Sanoat» MFY raisiga uçraydi. Mahalla oqsoqoli Muhammadjon Qodirov muhr va imzo qöyiş uçun şarti borligini aytadi. Şart şunday edi: 1 kilogrammdan alohida-alohida 3 kilogramm göşt, 12 idişda 4 donadan non va bozorlik qilib, MFY oqsoqoli aytgan xonadonlarga olib borib bersa, şu zahoti muhr va imzo qöyilar ekan. Oqsoqol homiylik jarayoni suratga olib körsatilişini talab qiladi. Yana mahalla köçasidagi ariqni tozalab, çiqindilarni yiğiştiriş kerakligi ham aytilgan.

Mayli tozalik kerak. Lekin tadbirkor ham inson. U ham har xil şaroitda böladi. Işbilarmon yigit ayni paytda moliyaviy ahvoli yaxşi emasligini tuşuntirib, işlari yurişib ketişi bilan mahallaga yordam berişni va'da qilgan. Bunga javoban mahalla oqsoqoli, işlari yaxşi bölib ketganda kelsa, hujjatlarga qöl qöyib berişini bildiradi.     

Tadbirkor MFY raisiga majburiy homiylik qildirişga haqqi yöqligi haqida aytgan gaplari bee'tibor qoladi. Tadbirkordan tezda ma'muriy binoni tark etiş talab qilinadi.

Tadbirkor jarayonni videoga tuşirib olgan.

«Men mutasaddiga majburlaş yöli orqali ta'magirlik qilayotganini aytdim. U özining kotibi, yordamçisi bilan birgalaşib meni MFY binosidan haydab soldi va meni haqorat qilganlikda ayblab, sun'iy janjal keltirib çiqardi», deydi tadbirkor.