Avstraliya hukumati Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişi haqidagi qarorni qabul qildi.

Uşbu qaror milliy xavfsizlik masalalari böyiça tor doiradagi mahkamada ma'qullangan va 11 dekabrda yangi boş vazir Skott Morrison boşçiligidagi hukumat yiğilişida e'lon qilinadi. Bu haqda Avstraliya OAVga iqtibos keltirgan holda NEWSru Israel internet-naşri ma'lum qildi. 

Biroq Kanberra Tel-Avivdagi elçixonasini Al-Qudsga köçirmay, u yerda konsullik oçiş bilan kifoyalanib qolmoqçi. 

Avstraliyaning SBS teleradiokompaniyasining yuqori mansabdor şaxslarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, elçixonaning Al-Qudsga köçirilişidan voz keçişga buning uçun katta mablağ – 200 mln dollar talab etilişi sabab hisoblanadi.

Ayni vaqtda Al-Qudsda AQŞ va Gvatemala elçixonalari faoliyat yuritadi. Paragvay elçixonasini Al-Qudsga köçirgandan bir neça oy ötib uni yana Tel-Avivga qaytargan. Noyabrda qadimiy şaharda Çexiya uyi oçilgan, biroq Çexiya Yevropa Ittifoqi siyosatiga qarşi borib, elçixonasini köçiriş niyatidamas.

Şuningdek, Braziliyaning yangi prezidenti Jair Bolsonaru ham mamlakat elçixonasining Al-Qudsga köçiriş istagini bildirgan.