«Real» yarimhimoyaçisi Isko yanvarda jamoani tark etişi mumkin.

Ispaniya matbuoti xabariga köra, Isko boş murabbiy Santyago Solari bilan kelişolmayapti. Primera 13-turidan örin olgan «Eybar»ga (0:3) qarşi öyindan söng, u boş murabbiyga qöl uzatmagan edi. Keyinçalik, futbolçi Çempionlar Ligasidan örin olgan «Roma»ga (2:0) qarşi bahsda maydonga tuşirilmadi.

Ayni paytda futbolçining xizmatiga «Yuventus», «Mançester Siti», «Bavariya», «Çelsi» va «Monako» klublari qiziqmoqda. Uning transfer narxi 90 million yevroga baholanyapti.

Joriy mavsumda Isko 16ta öyin ötkazib, 4ta gol urgan.