Farğona viloyatida qöşimça kiçik sanoat zonalari taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan Farğona şahrida, Furqat, Quva, Özbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qöştepa tumanlarida kiçik sanoat zonalari (QSZ) taşkil etilişi belgilandi.
QSZ hududidagi davlat köçmas mulki tadbirkorlarga keyinçalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi va ijara tölovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Yer uçastkalarini beriş töğrisidagi qaror Farğona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşi tomonidan qabul qilinadi.












