Hozirgi kunda Özbekistonda turizmni rivojlantiriş davlat siyosati darajasiga kötarilgan.

Bu jarayon bir neça omillar asosida şakllanadi. Bunday omillar içida gastronomik salohiyat, ya'ni milliy taomlar masalasi e'tiborga molik jihat hisoblanadi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Oşpazlar assotsiatsiyasi hamkorligida bir neça loyihalarni amalga oşiriş közda tutilmoqda. Şunday loyihalardan biri «Lazzatli Özbekiston» loyihasi doirasida 12 dekabr kuni Toşkent şahrining bir neça hududida «Mehmonnavozlik maktabi» kurslari ötkazildi.

Dastlab, poytaxtdagi «Içan Qal'a» mehmonxonasida «Milliy özbek nonuştasi» taqdimoti böyiça mahorat darslari (darslar nonuştani Uyuşma va Xalqaro Oşpazlar Asotsiatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan standartlar asosida taqdim etiş, xorijlik sayyohlarga ingliz tilida xizmat körsatiş, horijliklar bilan muloqotda lingvomadaniy tösiqlarni bartaraf etiş masalalari böyiça treningni öz içiga oldi. 

Şundan söng, «Özbekiston Oşpazlar Uyuşmasi» binosida yengil tamaddi böyiça «Milliy şirinliklar» taqdimoti ötkazildi. Unda özbek dasturxonidagi turistlarni öziga jalb qila oladigan şirinliklar kolleksiyasi namoyiş etildi. Bu jarayon davomida xalqaro darajadagi oşpaz Damira Sayfutdiyarova holvaytarning tayyorlanişi böyiça master-klass ötkazib berdi.

Bugungi bir kunlik loyiha yakunida «Toşkentça keçki ovqat» dasturi ham taqdim etildi. Unda toşkentça töy oşi, jarkob, qovurilgan bedana kabi milliy taomlarimizdan namunalar körgazmasi ötkazildi.

Loyiha amalga oşirilganda turistlarning viloyatlarga sayohatlari uyuştirilib, mahalliy taomlarning tayyorlanişi böyiça master-klasslar ötkaziladi.