Foto: lagmonxona_drujba

So‘nggi paytlarda Osiyo, Yevropa va boshqa xalqlarning milliy va tezpishar taomlari kirib kelishiga qaramay o‘zimizning tansiq milliy taomlarimizga xalqimizning mehri o‘zgacha.

Foto: lagmonxona_drujba

Kuni kecha milliy va uyg‘ur taomlari ixlosmandlari uchun Toshkentimizning Olmazor tumanida "Lag‘monxona" oilaviy kafesining ikkinchi filiali o‘z ishini boshladi. Mazkur tamaddixonaning afzallik jihati shuki, milliy va uyg‘urcha taomlarning bir manzilda jamlanganligi hamda bu taomlar o‘z ishining sir-asrorlarini puxta o‘rgangan oshpazlar tomonidan tayyorlanishidir.

Foto: lagmonxona_drujba

Bu yerda siz xalqimizning sevimli taomlaridan uyg‘urcha lag‘mon, qovurma lag‘mon, go‘sht say, do‘lma, va o‘zimizning milliy shoh taomlarimizdan qozon kabob, manti, shilpildoq, norin, sara kaboblardan tatib ko‘rib baho berishingiz mumkin.

Foto: lagmonxona_drujba

Eng muhimi taomlarni tayyorlashda mahalliy, halol qo‘y va mol go‘shtidan foydalaniladi.

Bu tamaddixona nafaqat mazali taom balki do‘st, oila va yaqinlarimiz bilan vaqtni maroqli o‘tkazish manzili hamdir. Bir bor tashrif buyuring va doimiy mijozga aylaning!

Foto: lagmonxona_drujba

Manzil: