Özbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yiğiniga jalb qilingan futbolçilardan biri, Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi a'zosi Fozil Musayev ÖFA matbuot xizmati bilan suhbatda jarohati, Kuper qölostidagi ilk yiğin, bölajak Osiyo Kubogi va u yerdagi raqiblar haqida fikr bildirdi.
Jarohatidan soğaygani haqida
«Jarohatim tufayli uzoq muddat futbol öynay olmadim. Murakkab tiklaniş jarayonini boşdan keçirdim. Lekin bunday holatlar har bir futbolçining qismatida bor. Endilikda hammasi ortda qoldi. Hozirda özimni yaxşi his qilyapman. Klubim tarkibida sönggi uçta öyinda qatnaşdim. Ikkitasida zaxiradan maydonga tuşgan bölsam, bitta öyinni töliq ötkazdim. Kelajakka katta umidlar bilan qarayapman».
Terma jamoaga çaqirilişi
«Ektor Kuper boşçiligidagi terma jamoamiz yiğiniga ilk bor taklif oldim. Bor kuç va mahoratimni namoyiş qilib, murabbiyning işonçini oqlaşga harakat qilmoqçiman. Har bir murabbiyning öz taktikasi va öyin uslubi bor. Yiğin davomida Kuper mendan nima talab qilayotganini anglab, uning körsatmalarini töliq bajarişga harakat qilmoqçiman».
Terma jamoadagi raqobat
«Milliy terma jamoamizda eng kuçli çiziq aynan men töp suradigan yarim himoya çiziği. Bu çiziqda raqobat juda kuçli. Ammo men raqobatdan çöçimayman. Raqobatning bölgani yaxşi. Birinçi navbatda Özbekiston terma jamoasi uçun bu foydali. Qolaversa, futbolçilar ham öz östida köproq işlaşlariga töğri keladi».
Osiyo Kubogi haqida
«Hozirda butun dunyoda, şu jumladan, Osiyoda ham barça terma jamoalar kuçayişgan. Avvalgidek, osonlikça mağlub etsa böladigan jamoalar qolmagan. Birlaşgan Arab Amirliklaridagi bölajak Osiyo Kubogiga barça katta maqsadlar bilan tayyorgarlik köryapti. Ğoliblik uçun qattiq kuraş keçadi. Agar astoyidil mehnat qilib, yaxşi tayyorgarlik körsak, mening fikrimça, Osiyo Kubogida muvaffaqiyat qozona olamiz. Buning uçun bizda barça narsa bor. Faqat murabbiyning aqlli taktikalaridan taşqari, futbolçilarning özida ham iştiyoq yuqori bölişi kerak. Futbolçilarning özlari ham ğalaba uçun borlarini berib öynaşlari zarur. Aks holda, murabbiy qançalik kuçli bölmasin, natijaga erişiş qiyin».
Guruhdagi raqiblar
«Osiyo Kubogidagi guruhimiz ança kuçli. Yaponiya butun musobaqaning favoriti hisoblanadi. Men Yaponiyadaligimda ularning tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanişdim. Aytiş kerakki, öz tarixlarida 5-marta Osiyo Kubogini qölga kiritişga astoydil harakat qilişmoqda. Yaponiya terma jamoasi boş murabbiyining intervyusini ham kördim. Butun fikr-u xayoli BAAdagi musobaqada ğalaba qozonişga qaratilgan. Şunday bölsa-da, biz ularga munosib qarşilik körsata olamiz, deb öylayman. Agar birgalikda bir maqsad yölida birlaşsak, albatta natijaga erişamiz».












