Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti qoşida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maktabni taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining Samarqand davlat universiteti qoşida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar ixtisoslaştirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari böyiça iqtidorli öquvçilarni tanlaş, ularga zamonaviy talablar doirasida çuqurlaştirilgan nazariy va amaliy bilimlarni beriş, oliy ta'lim tizimi uçun yuqori intellektual yoşlarni tayyorlaş;

har bir iqtidorli öquvçining individual rivojlaniş xususiyatlari asosida professor-öqituvçilarni biriktiriş, ularda mustaqil ta'lim oliş hamda ilmiy-ijodiy iş bilan şuğullaniş könikmalarini şakllantiriş va rivojlantiriş;

iqtidorli öquvçilarni respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etişini ta'minlaş;

ta'lim jarayoniga öqitişni yangi va samarali usullarini, ilğor mamlakatlar tajribalarini kiritiş, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etiş;

yuqori kasb mahoratiga ega bölgan olim-pedagoglarni jalb etgan holda, öqitiladigan fanlar böyiça maxsus darsliklar, elektron öquv adabiyotlar, uslubiy işlanmalar yaratiş, öquvçilarning fan sirlarini çuqur örganişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Samarqand viloyat hokimligining:

Ixtisoslaştirilgan maktabni Samarqand Bank kolleji negizida taşkil etiş;

Samarqand şahar, Dahbet köçasi, 45-uy manzilida joylaşgan Samarqand Bank kollejining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birga Ixtisoslaştirilgan maktabga operativ boşqariş huquqi asosida bepul beriş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Samarqand viloyat hokimligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi:

2018/2019 öquv yili yakuni bilan Samarqand Bank kolleji öquvçilarining xohiş-istaklarini inobatga olgan holda, tegişli yönalişlar böyiça yaşaş joyiga yaqin bölgan kollejlarga belgilangan tartibda joylaştirilişini;